Bernardu Silva: "Kanselu "Bavariya"ga o'tish orqali o'zi uchun eng yaxshi qarorni qabul qildi"
07 fev 2023 12:18
Yangiliklar
Bernardu Silva: "Kanselu "Bavariya"ga o'tish orqali o'zi uchun eng yaxshi qarorni qabul qildi"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva Portugaliya termasidagi jamoadoshi Joau Kanseluning Manchester klubidan "Bavariya"ga o'tishi haqida fikr bildirdi.
Myunxenliklar 28 yoshli portugaliyalikni sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
"Men Kanselu uchun xursandman, chunki u baxtli bo'lish uchun bu yo'lni tanladi. Bu jamoa uchun ham, men uchun ham achinarli, chunki men endi unga har kuni tayanolmayman. Men uni shaxs sifatida juda yaxshi ko'rishimni biladi. Ammo u o'zi uchun eng yaxshi qarorni qabul qildi va men bundan juda xursandman", – dedi Silva.
Kanseluning o'zi "Siti"da o'yin amaliyotiga ega bo'lmagani uchun "Bavariya"ga o'tganini aytgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar