So’nggi yangiliklar

09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  0 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  0 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  9 07:35Суперлига. "Нефтчи" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Бухоро" – "Қўқон-1912" баҳсида эса ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  1 07:30Расман. "Ювентус" футболчиси АПЛга кўчиб ўтди  0 01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  68 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  1

Berdievdan "qo'rqinchli" statistika Yangiliklar

Berdievdan "qo'rqinchli" statistika

O'zbekiston kubogi finaligacha 2 kun qoldi.“Nasaf” musobaqada qatorasiga 2-marta g'olib bo'lish uchun “Navbahor”ni taslim qilishi kerak.

Bu Qashqadaryo klubi tarixidagi 10-final hisoblanadi. Etiborlisi, ularning barchasida Ro'ziqul Berdiev “ajdarlar” bilan birga edi. 

1997 yilda “Nasaf” tarkibiga qo'shilgan Berdiev futbolchi sifatida bitta final ko'rgan. 2003 yil “Paxtakor”ga boy berilgan O'zbekiston kubogining hal qiluvchi bahsida Ro'ziqul aka ham maydonda edi.

Demyanenkoning shtabida ishlagan mavsumida esa OFK kubogi qo'lga kiritilib, O'zbekiston kubogi finalida yana “Paxtakor”ga imkoniyat boy berildi (2011 yil).

Nihoyat, Ro'ziqul Berdiev “ajdarlar” ustoziga aylanganidan keyin jamoa 6ta final ko'rib, ulardan ikkitasida g'olib bo'ldi.

1) O'zbekiston kubogi-2012

Bunyodkor – Nasaf – 3:0 

Gollar: SHavkat Salomov, Kamoliddin Murzoev, Viktor Karpenko

2) O'zbekiston kubogi-2013

Bunyodkor – Nasaf – 2:1

Gollar: Oleksandr Pishur (dubl) – Ilhom Yunusov

3) O'zbekiston kubogi-2015

Nasaf 2:1 Bunyodkor

Gollar: Artur Gevorkyan, SHerzod Azamov – SHerzod Azamov (a.g.)

4) O'zbekiston kubogi-2016

Lokomotiv 1:0 Nasaf

Gol: Temurxo'ja Abduxoliqov

5) OFK kubogi-2021

"Al Muharraq" (Bahrayn) - "Nasaf" (O'zbekiston) 3:0 

Gollar: Maxmud Al Mardi 2, 1:0, Husayin Sabba 74, 2:0, Flavio 79, 3:0

6) O'zbekiston kubogi-2021

Paxtakor 1:2 Nasaf

Gollar: Odil Hamrobekov – Bahrom Abdurahimov, G'olib G'aybullaev

SHuningdek, Berdievning “Nasaf”i O'zbekiston Superkubogida 3 bor “Paxtakor” bilan to'qnashib, faqat 2016 yilgi bahsni o'z foydasiga hal qilgan.

25 yildan beri jamoa bilan birga yurgan mutaxassis na futbolchilik, na murabbiylik davrida O'zbekiston chempionatini yuta olmadi. Ammo joriy mavsum oxirida ushbu noxush anana ham yakuniga etadiganga o'xshayapti.

So'z oxirida Ro'ziqul Berdievning futbolchi, murabbiy assistenti va bosh murabbiy sifatida “Nasaf” bilan erishgan natijalarini keltiramiz: 

O'zbekiston chempionati kumush medali (3x): 2011, 2017, 2020.

O'zbekiston chempionati bronza medali (10x): 2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016.

O'zbekiston kubogi sohibi (2x): 2015, 2021.

O'zbekiston kubogi finalchisi (x5): 2003, 2011, 2012, 2013, 2016.

O'zbekiston superkubogi g'olibi: 2016.

OFK kubogi g'olibi: 2011.

OFK kubogi finalchisi: 2021.

O'zbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi (5x): 2013, 2016, 2017, 2020, 2021.

SHuningdek, Ro'ziqul Berdiev ayni paytda Superligada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar orasida bir jamoani (tanaffuslarsiz) eng uzoq vaqt boshqargan bosh murabbiy hisoblanadi.

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика