So’nggi yangiliklar

13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  0 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  0 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   4 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  18 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0

Benjamin Uilyams boshqargan o'yinlarda “Bunyodkor” faqat bir marta yutgan Yangiliklar

Benjamin Uilyams boshqargan o'yinlarda “Bunyodkor” faqat bir marta yutgan

Ertaga “Bunyodkor” Osiyo chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan o'rin olgan “Al Hilol”ga qarshi javob bahsini o'tkazadi.
Xabaringiz bor, Toshkentda bo'lib o'tgan birinchi o'yinda saudiyaliklar 1:0 hisobida g'alaba qozonib ketishdi. Endi “Bunyodkor”ning bor umidi ertangi bahsdan.

Ertaga bo'lib o'tadigan muhim bahsni Benjamin Uilyams boshqaradi. Statistikaga qaraydigan bo'lsak, Uilyams hozircha “Bunyodkor” uchun omadli referi hisoblanmayapti. CHUnki OCHL bahslarida avstraliyalik hakam shu paytgacha “Bunyodkor” ishtirokida beshta o'yinni boshqargan bo'lib, shundan bittasida “Bunyodkor” g'alaba qozongan. Yani, 2010 yil o'tkazilgan “Bunyodkor” - “Al Ittihod” uchrashuvi toshkentliklarning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topgan.

Yana bitta o'yinda durang qayd etilgan. 2011 yil “Bunyodkor” safarda BAAning “Al Vahda” klubiga qarshi bahs olib borgan va uchrashuv 1:1 hisobida yakun topgan. Qolgan uchta o'yinda “Bunyodkor” mag'lub bo'lgan. Mana shu mag'lubiyatlarning ikkitasi Saudiyada ro'y bergan. 2009 yil “Bunyodkor” “Al Ittifoq”dan 0:4, 2010 yil “Al Hilol”dan 0:3 hisobida engilgan. O'tgan yil Tailandda o'tkazilgan “Buriram Yunayted”ga qarshi bellashuvni ham shu hakam boshqargan bo'lib, “Bunyodkor” 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan.

Malumki, Benjamin Uilyams tajribali hakamlar sirasiga kiradi va u boshqargan o'yinlarda deyarli xatoga yo'l qo'ymaydi. SHunga qaramay, statistika hozircha “Bunyodkor” foydasiga ishlayotgani yo'q. Ammo umid qilamizki, ertangi bahsda “Bunyodkor” bor kuchni ishga solib, Ar Riyoddan ijobiy natija bilan qaytadi.

Benjamin Uilyamsning “Bunyodkor” ishtirokida boshqargan o'yinlari:

2009 yil. Guruh bosqichi. “Al Ittifoq” (S.Arabistoni) – “Bunyodkor” 4:0
2010 yil. Guruh bosqichi. “Bunyodkor” – “Al Ittihod” (S.Arabistoni) 3:0
2010 yil. Nimchorak final. “Al Hilol” (S.Arabistoni) – “Bunyodkor” 3:0
2011 yil. Guruh bosqichi. “Al Vahda” (BAA) – “Bunyodkor” 1:1
2013 yil. Nimchorak final. “Buriram Yunayted” (Tailand) – “Bunyodkor” 2:1

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика