Benzema: Men bazilarga o'xshab faqat gol urish uchun o'ynamayman
17 fev 10:11
Yangiliklar
Benzema: Men bazilarga o'xshab faqat gol urish uchun o'ynamayman
Al Ittihod sardori Karim Benzema Krishtianu Ronaldudan farqini aytdi.
«Bir narsani aytmoqchiman: men faqat gol urish va gol urish haqida o'ylaydigan odam emasman. Saudiyada Ronalduning bo'lgani yaxshi, biroq men uchun jamoaning g'alabalari muhimroq. Agar jamoaga yordam beradigan gollar ursam, xursand bo'laman.
Menga gol urish va golli uzatma berish, jamoaga yordam berish yoqadi. Jamoa men uchun eng muhimi, jamoa g'alaba qozonsa, men ham baxtli bo'laman», — dedi Benzema.
Benzema joriy mavsum 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 17 ta gol urdi. Shuningdek, yana 7 ta golga assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar