Benzema jarohatidan to'liq forig' bo'ldi va JCHda o'ynashi mumkin?!
14 dek 2022 13:20
Yangiliklar
Benzema jarohatidan to'liq forig' bo'ldi va JCHda o'ynashi mumkin?!
Karim Benzema jarohatidan to'liq tiklangan va JCH-2022da Franciya termasiga yordam berishi mumkin edi.
Bu haqida "Marca" xabar bermoqda.
"Real" hujumchisi Karim Benzema jarohatidan to'liq forig' bo'lgan va cheklovlarsiz, umumiy guruhda mashg'ulotlar o'tkazmoqda.
34 yoshli futbolchi Franciya termasining JCH-2022 uchun qaydnomasiga kiritilgan, ammo jarohati sabab jamoa qarorgohini tark etgan hamda Ispaniyaga qaytgandi.
Dastlabki taxminlarga ko'ra, futbolchi Qatardagi turnir yakunigacha safga qaytib ulgurmasligi aytilgandi va shu sababli unga ruxsat berilgandi. Ispan nashrining malum qilishicha, Benzema 4 dekabrdayoq maydonga tushishi mumkin edi.
Nima deb o'ylaysiz, Karimni Qatardagi JCHda ko'ramizmi?
Fikrlar