"Benfika" "Napoli" o'yinchisi bilan muzokaralar olib bormoqda
09 fev 2021 09:21
Yangiliklar
"Benfika" "Napoli" o'yinchisi bilan muzokaralar olib bormoqda
"Napoli" himoyachisi Elseyd Xyusay faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Albaniyalik futbolchiga "Benfika" qiziqish bildirmoqda. Portugaliya klubi rahbariyati Xyusayning vakillari bilan muzokaraga kirishishgan.
Qayd etish kerakki, himoyachi mavsum so'nggida "Napoli"dan ketishga qaror qildi. Futbolchi joriy mavsum "Napoli" libosida barcha musobaqalarda 14ta o'yinda maydonga tushdi.
27 yoshli Xyusayning klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar