Bellingem uchun kurashda MYUni nima orqaga tortyapti?
02 mar 2023 10:35
Yangiliklar
Bellingem uchun kurashda MYUni nima orqaga tortyapti?
"Manchester Yunayted"ning sotilishi bilan bog'liq jarayon klubning Jud Bellingem uchun kurashiga tasir qilmoqda.
Ingliz klubi so'nggi bir necha haftalarda butunlay sotib yuborilishi borasida xabarlar tarqalgandi. Klubning ehtimoliy sotuvidagi noaniqlik bazi o'rinlarda tasirini ko'rsatmoqda.
"Qizil iblislar" Angliya terma jamoasi va "Borussiya" Dortmund yulduzi Jud Bellingem uchun asosiy davogarlardan biri bo'lib kelayotgan edi. Biroq hozirga kelib APL vakili boshqa raqobatchilaridan orqada qolayotgani aytilmoqda.
"Liverpul", "Real" va "Manchester Siti" nemis klubining 19 yoshli yarim himoyachisi uchun jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bellingem katta ehtimol bilan yozgi transferlar oynasida klubini almashtiradi.
Gleyzerlar oilasi shu paytgacha "Old Trafford"ga egalik qiluvchi klub uchun davogarlardan kamida ikkita aniq taklif olgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar