So’nggi yangiliklar

19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  0 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  7 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   4 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  2 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  34 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  7 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  1 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  10 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  17

Belarus. 7-tur hamyurtlarimiz uchun qanday o'tdi? Yangiliklar

Belarus. 7-tur hamyurtlarimiz uchun qanday o'tdi?

Belarus chempionati 7-turida o'zbekistonlik muxlislar malum sabablarga ko'ra diqqat bilan kuzatib borayotgan "Energetik-BGU" o'zining "sintetika" maydonidan tabiiy gazonga ko'chib o'tdi.

Endi "talabalar" qishgacha "Olimpiyskiy" SSKda o'yinlarini o'tkazadi. Debyut og'ir o'tishi kutilgan edi. Mehmonga ilk turlardagi omadsizlikdan endi o'ziga kelayotgan "SHaxter" keldi.

Uchrashuv oldidan hamyurtimiz Bobir Abdixoliqov olqishlarga sababchi bo'ldi. Belorus futbol federaciyasi uni aprel oyining "eng yaxshi futbolchisi" deb etirof etdi. To'purar futbolchi bu sovringa to'la haqli edi. Yilning to'rtinchi oyida forvard 4 uchrashuvda 3ta gol urdi va jamoasiga muhim ochkolarni keltirdi. SHu o'rinda, Bobirning o'tgan hafta Grodnodagi perfomansini ham unutmaslik zarur. Abdixoliqov "Neman"ga qarshi bellashuvda xet-trik qayd etib, mavsumda bunday natijaga erishgan birinchi futbolchiga aylandi.

"Olimpiyskiy"dagi uchrashuvning kattagina qismida "Energetik-BGU" yaxshi o'yin o'tkazdi. Jamoa zarbalar soni bo'yicha ham (10 - 9) darvozaga aniq zarbalar bo'yicha ham (4 - 2) raqibini ortda qoldirdi. Ehtimoliy gollar (xG) bo'yicha ko'rsatkich ham mezbonlar ustunligiga ishora qilardi 0,60 - 0,56.

Qizig'i, "Energetik" o'sha 0,60 xG'si to'liqligicha biznikilarning mehnati edi. Abdixoliqovda xG 0,34, Abdurahmonovda - 0,18, Husanovda – 0,08.




SHoxruh Abdurahmonov darvoza tomon qolganlardan ko'proq zarba berdi. Yarim himoyachi hisobida 5ta zarba mavjud. U har ikki jamoa safida eng ko'p zarba bergan futbolchiga aylandi. SHu o'rinda, uning birorta ham zarbasi mo'ljalga aniq etib bormaganini aytib qo'yish lozim. Bundan tashqari, xavbek aldab o'tishda 4 urinishidan 2tasi omadli chiqdi, kurashlarning 43%ida ustun keldi va 17 bor, ulardan 6tasi raqib maydonida, to'pni jamoasiga qaytarib olib berdi. Keskinlashtiruvchi uzatmalar amalga oshirmagan bo'lsa-da, SHoxruh uch marta shunday uzatmani qabul qilib oldi.

18 yoshli Abduqodir Husanov navbatdagi sifatli o'yin o'tkazdi. Himoyachi 48% omadli harakatlar amalga oshirdi, kurashlarning 50%ida ustun keldi (14tadan 7tasi) va 13 bor to'pni jamoasiga olib berdi. Bundan tashqari, Husanov hisobida 2ta zarba, ularning bittasi darvozaga aniq borgan bo'lsa, ikkinchisi ustunga tegdi.

Faqatgina Bobir Abdixoliqovda aniq zarbalar undan ko'proq. Forvard ikki bor "konchilar" golkiperi Sergey CHernikni bezovta qildi. Har ikki zarba ancha xavfli bo'lib, posbonni astoydil ter to'kishiga majbur qildi. Hujumchi avvalgi bahslardagi kabi ko'p bo'sh hududlarga ega bo'lmadi. Raqib tayanch yarim himoyachilari uni bir daqiqa ham etibordan chetda qoldirishmadi va to'pni bemalol egallashga imkon berishmadi. Ko'p ehtimol shu sabab Bobur 21 marta to'pni yo'qotdi. Bu uning har uchrashuv uchun o'rtacha ko'rsatkichidan 7taga ko'p deganidir.



SHunday bo'lsa-da, chempionat to'purari ikki marta raqiblarini individual harakat evaziga aldashga urinib ko'rdi (1tasi omadli chiqdi), uch bor to'pni jamoasiga qaytarib berdi va ikki marta jarima maydoni ichida to'p bilan muomalada bo'ldi. Faqatgina "SHaxter"ning to'rt futbolchisida yaxshiroq ko'rsatkich: Milosh SHatar va Igor Ivanovichda 3tadan, Ilya CHernyak va Maksim Skavishda - 4.

O'yin taqdirini standart vaziyat hal qildi. 80-daqiqada "konchilar" vakili Nikola Antich to'pni havodan SHatarga aniq etkazib berdi, Milosh himoyachilarni chalg'itib, barchadan chaqqonroq harakat qildi.

Mag'lubiyatga qaramay, "talabalar" kuchli uchlikdagi o'rnini saqlab qoldi. Biroq Anatoliy Yurevich jamoasi uni 13 ochkosi bor "Minsk" bilan bo'lishib turibdi. "Sluck", "Isloch" va "SHaxter"da 12tadan ochko mavjud. Etakchi esa hamon BATE. Jamoa safidagi o'zbekistonlik futbolchi SHaxboz Umarov hali ham "o'yindan tashqarida" qolib ketmoqda. Borisovliklar "klasiko"dagi qoqilishdan keyin "Vitebsk"ni 2:1 hisobida mag'lub etishdi.



Championat.asia saytining Belarus mamlakatidagi muxbiri Andrey Maslovskiy tayyorladi

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика