Bektemir Abdumannonov: "Bu murabbiylarimizning g'alabasi bo'ldi"
17 apr 2023 18:35
Yangiliklar
Bektemir Abdumannonov: "Bu murabbiylarimizning g'alabasi bo'ldi"
Bugungi o'yin haqida qisqacha fikrlaringiz:
"Metallurg" jamoasining barcha muxlislari, klub xodimlari va jamoadoshlarimni g'alaba bilan tabriklab qolaman. Biz har bir o'yinga g'alaba uchun chiqamiz. Bu murabbiylarimizning g'alabasi bo'ldi, deyishni xohlar edim. OKMKga qarshi uchrashuvdan oldin astodyil tayyorgarlik ko'rdik va mehnatimiz mevasi sifatida g'alaba qozondik. Jamoamiz muxlislarini har bir o'yinda hursand qilishga intilamiz.
Olmaliq jamoasi ham uchrashuvni yaxshi o'tkazdi. Qizil kartochkadan so'ng ham yaxshi vaziyatlarni yaratishdi, OKMK jamoasiga keyingi uchrashuvlarda omad tilab qolaman.
Bugun "O'yinning eng yaxshi futbolchisi" deb etirof etildingiz, lekin shunga qaramay, gol urish nasib qilmadi?
Bu natijalarga erishishimda ota-onam va murabbiylarimning mehnatlari katta. Gol ura olmayotganimga kelsak, ko'plab gollar urib jamoaga g'alaba keltirishni istayman. Asosiy maqsadim jamoaga yordamim tegsa, tomoshabop futbol bilan stadionga kelgan muxlislarni xursand qilsam deyman. Nasib qilsa mavsum davomida hali ko'plab gollar urib, ularni bobom va buvimning xotiralariga bag'ishlayman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar