So’nggi yangiliklar

12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  0 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  0 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  1 10:20Неймар яна жароҳат олди  3 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  9 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  13 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  6 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  10 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  5

Baxtiyor Hamidullaev: "10 kishi bo'lib qolganimizni inobatga olsak, natijadan qoniqdim" Yangiliklar

Baxtiyor Hamidullaev: "10 kishi bo'lib qolganimizni inobatga olsak, natijadan qoniqdim"

Superliga 19-turidan o'rin olgan "Andijon" - "So'g'diyona" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Hamidullaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




O'yin haqida

O'yin reja qilganimizdek, start oldi. Afsuski, o'yin o'rtalariga kelib, ustunlikni raqibga berib qo'ydik, shu sababli muammoga duch kela boshladik. Himoyada ikkinchi qavatda juda ko'p yutqazdik, ularda ko'plab vaziyatlar yuzaga kelishni boshladi va shulardan bittasi gol bilan tugadi.

O'ylaymanki, yutsa bo'ladigan o'yin edi va kerakli ochkolarni yo'qotdik.

Birinchi bo'limda asosan, Muhammadali Yuldashev orqali hujumlar tashkil qilindi. Ikkinchi bo'limda bu holat deyarli ko'rinmadi.

Ha, u o'yin oxiriga borib charchab qoldi. O'zgartirishga majbur bo'ldik.

Abdullo Olimov zaxiradan maydonga tushdi. Bunga nima sabab bo'ldi?

Unda ozgina jarohat bor, shu sababli ko'p o'ynay olmasdi. Lekin zaxiradan tushib, qo'ldan kelganicha jamoaga yordam berdi.

1:0 bo'lib turganida, Rustamjon Qo'chqorov hujumga tushirildi, u o'rinbosarlar tarkibida himoyada o'ynar edi. Bu katta kamchilik emasmi?

Yo'q, u aslida hujumchi. Himoyada muammolar ko'p bo'lgani bois o'rinbosarlar tarkibida ximoyadan foydalanganmiz va bu ish berdi.

"Andijon"ni o'yinchilar tark etishda davom etmoqda. Timur Usmonov masalasida qanday fikrdasiz?

Usmonovni ukamdek ko'rib, hamma narsani tushuntirdim. Lekin u jamoadan ketib qoldi. Mana, kecha o'rinbosarlar tarkibida o'ynagan Nodir Mavlonovni misol qilaylik. Uning yoshi Timurdan katta, lekin u o'rinbosarlar tarkibida lom-mim demasdan, maydonga tushib, gol ham urdi.

Usmonov esa o'zi shu fikrga keldi va ketdi.

Umumiy olganda, bugungi natijadan rozimiz?

10 kishi bo'lib qolganimizni inobatga olsak, natijadan qoniqdim. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика