So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

Baxtiyor Ashurmatov: "Ikkinchi bo'lim uchun muxlislardan uzr so'rayman" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Ikkinchi bo'lim uchun muxlislardan uzr so'rayman"

O'zbekiston kubogi musobaqasining guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan "G'ijduvon" - "Qo'qon-1912" (0:4) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Biz bugungi uchrashuvga uzoq yo'l bosib kelgandik. Quyi liga klublari Superliga jamoalariga qarshi o'ynaganida o'zgacha ishtiyoq bilan maydonga chiqishadi. SHu sababdan bizda yo'l charchog'i tufayli o'yinning borishidan xavotir bor edi. Yigitlarga birinchi bo'limda ko'proq to'p nazoratiga ega bo'lishlari haqida ko'rsatma bergandik. To'g'risi futbolchilarimiz birinchi bo'limda o'z o'yinlari bilan bilan kasblariga bo'lgan professional munosabatni ko'rsatib bera olishdi. Jamoamiz vakillarining birinchi bo'limda ko'rsatgan o'yinlaridan minnatdorman.

Ikkinchi bo'lim haqida aytadigan bo'lsam, gapning ochig'i ko'rsatgan o'yinimizdan qoniqish hosil qilganim yo'q. "G'ijduvon" kartochkalar tufayli maydonda kamchilik bo'lib qoldi. Muxlislar ko'p gol urilgan uchrashuvlarni yaxshi ko'rishadi. Yigitlar to'rtinchi golni kiritish o'rniga to'p nazoratiga etibor qaratishdi. SHu sababdan o'yindagi to'rtinchi gol so'ngi daqiqalarga kelib kiritildi. Ikkinchi bo'lim uchun muxlislardan uzr so'rayman.

- Bugungi o'yinda yirik hisobdagi g'alabani taxmin qilganmidingiz? Yoki kiritilgan tezkor gol ayni hisob taminlanishiga xizmat qildimi?

- Yo'q, bugun yirik hisobda g'alabani taxmin qilganim yo'q edi. Aytib o'tdim, quyi liga klublariga Superliga vakiliga to'qnash kelganida kuchliroq ishtiyoq bilan o'ynaydi. Birinchi bo'limda kiritilgan 3 ta gol ham g'alabamizni taminladi, ham ikkinchi bo'limdagi o'yinimizni susayishiga sabab bo'ldi. Bugun hujumchilarimiz yaxshi o'yin namoyish etib berishdi. Anchadan beri gol urmay kelayotgan Mo'min Meliev raqib darvozasini ishg'ol qildi. O'ylayman-ki, bu gollar unga ijobiy tasir qiladi va keyingi o'yinlarda yanada kuchliroq futbol ko'rsatadi. "G'ijduvon" jamoasiga navbatdagi uchrashuvlarda omad tilayman.

- Yosh futbolchi Murod Komilovning o'yinlari haqida fikringiz qanday?

- Murod Komilov qishki yig'inlardan buyon asosiy tarkib jamoamiz bilan mashg'ulotlarda ishtirok etib kelayapti. Bugun u debyut qildi va gol urdi. Maydonga tushganida hayajonga berilib bir-ikki bor to'pni yo'qotdi, bu yosh futbolchilarda uchrab turadigan xolat. Komilovni kelajagi porloq futbolchi sifatida etishishiga ishonaman.

- Maydon xolati haqida nimalarni ayta olasiz?

- Muborakda har doim futbol uchun yaxshi sharoitlar bo'lgan. Maydon ko'm-ko'k va tekis. Bu erda maza qilib futbol o'ynash kerak xolos. Tashkilotchilik uchun "G'ijduvon" klubi rahbariyatiga minnadorchilik bildiraman. SHuningdek, yaratib berilgan sharoitlar uchun "Mashal" klubiga rahmat aytaman va ularni tezroq Superligaga qaytishlariga tilakdoshman.

- Murod Xolmuhammedovning ayni damdagi xolati qanday?

- Murod Xolmuhammedov va Javohir Sidiqovlar ayni damda jarohat olishgan. Ularning har ikkisi ham jamoamiz uchun muhim futbolchilar hisoblanishadi. Xolmuhammedov chempionat o'yinlariga qadar safimizga qaytsa kerak. Sidiqov esa navbatdagi kubok uchrashuvida maydonga tushib, bizga yordam berishiga umid qilayapmiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика