So’nggi yangiliklar

13:02Суперлига сўнгги тури ва плей-офф саналарига ойдинлик киритилди  0 12:42Голларга бой ўтган "Пахтакор" – "Бунёдкор" тўқнашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 12:18Суперлига. 28-тур учрашувларини бошқариб борувчи ҳакамлар эълон қилинди  1 11:50Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 10 ноябрь куни сафарга отланади  10 11:44U-17 ЖЧ старт олди. ОКда чорак финалда қолиб кетган Япония Африка чемпиони Марокашни таслим қилди, ўзбек ҳаками бошқарган ўйинда Месси ватандошлари ғолиб  3 11:35Суннатуллоҳ Ҳамиджонов: "Насиб қилса, Баҳрайндан уч очко билан қайтамиз"  3 10:40"Бунёдкор-2011" халқаро турнирда совриндорга айланди  3 10:09"Эльче" — тарихда "Барселона"дан кўпроқ тўп назоратига эга бўлган илк янги жамоа  0 09:55Венсан Компани: "Олдимизда Чемпионлар Лигасининг фаворитларидан бири билан синов турибди"  0 09:35Легионерларимиз. Умарали Раҳмоналиев тўлиқ ўйнаган баҳсда "Сабаҳ" ғалаба қозонди  1 09:15Хаби Алонсо "Реал Мадрид"га янги Кроосни топди  4 08:55Легионерларимиз. Рустам Ашурматов Эрон чемпионати 9-тур рамзий терма жамоасидан жой олди  2 08:28Жозе Мораиш мураббий сифатида ўзбек клубларига ютқазмаяпти  9 08:08Сербия чемпионатида мураббий ўйин пайтида вафот этди  0 07:42"Барселона" Эрлинг Холандни 2026 йил ёзида қўлга киритишни режалаштирмоқда  8

Baxtiyor Ashurmatov: “Ikki o'yinda 4 ochko to'plashni maqsad qilgandik” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Ikki o'yinda 4 ochko to'plashni maqsad qilgandik”

Pro liga 23-turidan o'rin olgan “Andijon” – “Turon” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

O'yin haqida

“Andijon” jamoasini Superligaga yo'llanma olishi bilan tabriklasak ham bo'ladi. Jamoa muxlislari “Andijon”ni Superliga, OCHLda ishtirok etishini kuzatishga haqli. Biz ham yo'llanma uchun oxirigacha kurashamiz. Yomg'irli havo bo'lishiga qaramay, muxlislarimiz stadionga kelib, bizni qo'llab-quvvatlashdi. Muxlislarimizga shuni aytmoqchimanki, oxirgi turlarga kelib vaziyatimiz biroz qiyinlashgan bo'lsa-da, biz kurashishda davom etamiz. Maqsadimizga erishamiz.

Ikkinchi bosqchida  har bir bahs qiyin kechmoqda. Futbolchilarga ham takidlab o'tganman, bizning oldimizda beshta muhim va finalga teng bahs kutib turibdi deb. “Andijon” bilan ham qiyin va murosasiz kurash kechdi. Mezbonlar gol o'tkazib yuborganidan keyin muvozanatni tiklashga etibor qaratdi. O'yindan oldin standart vaziyatlardan havotirga tushgandik. Baribir mezbonlar yuqoridan kelgan to'p orqali hisobni tenglashtirdi. Mamatkazin xavfli ekanligini bilardik, unga alohida futbolchi biriktirgandik. Futbolchilarimiz o'yin davomida o'zlariga yuklatilgan vazifani bajarishga intilishdi. O'ylaymanki, bugungi o'yindagi futbolchilarimiz yuqori bahoga loyiq.

- O'yindan oldin durang natijaga rozi bo'larmidingiz?

- Gapni ochig'i, oxirgi turlarda g'alaba qozona olmayotganimiz sababli, durang natija mag'lubiyatga teng hisoblanadi. “Andijon” bilan o'yinda g'alaba uchun maydonga tushgandik. Keyingi o'yinimiz “Buxoro”ga qarshi safarda bo'lishidan kelib chiqsak, durang bir ochko keltirdi. “Buxoro” bilan bahs avvalida bizga qo'shimcha ustunlik berdi. Nazarimda, durang o'yinga mos bo'ldi. Oldimizda 4 ta muhim o'yinimiz bor. Yo'qotilgan ochkolarni shu bahslar orqali to'ldirmoqchimiz. 

- Zaxiradan maydonga tushganlar jamoa o'yinini qanchalik kuchaytira oldi?

- O'yinga qo'shilganlar yaxshi harakat qilishdi. Ibragimov va Abdunabiev ham. Lekin men murabbiy sifatida ulardan ko'proq narsa kutaman. Balki zaxiradan qo'shilganlar yanada yaxshiroq harakat qilishlari ham mumkin edi. 

- “Turon” bosh murabbiyiga aylanganingizdan keyin jamoa ikki marotaba durang qayd etdi. Bunga fikringiz qanday?

- Biz ko'prog'ini kutgandik. Lekin bu futbol. “Turon”ga qarshi o'ynayotgan jamoalar jiddiy harakat qilyapti. O'ylashimcha, biz ikki o'yinda 4 ochko to'plashimiz mumkin edi. “Mashal” bilan bahsda g'alaba qozonsak bo'lardi. Lekin o'sha kuni o'zimiz istagan holat yuz bermadi. “Andijon” maydonida durang o'ynash ijobiy deb hisoblasak bo'ladi. Har holda bu jamoa maydonida durang o'ynash raqiblarga oson bo'lmayapti. “Mashal” bilan bahsdagi natija esa katta yo'qotish deb hisoblayman. 

- Pro liga bahslarini ikki bosqichga bo'lib o'tkazilishi qanchalik o'zini oqlaydi?

- Har bir o'yin jangovar va murosasiz kechishi sabab oqlamoqda. Men jamoani qabul qilib olganimda, “Turon” ko'proq ochkolarini kuchli beshtalikdan pastdagilarga qarshi o'yinlarda qo'lga kiritgan. Deylik, “Yangier”, “Aral Samali” va “Zomin” bilan bahslarda ko'proq ochko to'plagan. Yuqoridagi beshlik jamoalariga qarshi o'yinlarda ko'proq ochko yo'qotgan. O'ylaymanki, bu tizim to'g'ri. Har bir o'yin qiziq o'tmoqda.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика