So’nggi yangiliklar

06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  8 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0

Baxtiyor Ashurmatov: "Futbolchilarim bilan faxrlanaman" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Futbolchilarim bilan faxrlanaman"

"Navbahor" - "Andijon" (3:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida ikkinchi bo'lib maydon egalari bosh murabbiyi ishtirok etdi.
"Bugun derbi bo'lganligi bois ikki hissa katta kuch bilan tayyorgarlik ko'rgandik. Uchrashuvdan oldin futbolchilarga boshqa har qanday jamoaga mag'lub bo'lsak muxlislar bizni kechirishi mumkinligini aytdim. Biroq "Neftchi" va "Andijon"ga qarshi bahsda mag'lub bo'lsak muxlislarimiz bizdan xafa bo'lishlari aniqligini aytdim.

SHu bois futbolchilar bugun ikki xissa kuch bilan o'ynashdi. Bugungi g'alaba bilan rahbariyatni, muxlislarni va futbolchilarni tabriklayman. SHunday futbolchilar bilan ishlayotganimdan faxrlanaman.

Mansur Saidov imkoniyati darajasida to'p tepmoqda. Jamoaga moslashib ketgan. "Navbahor" muxlislari juda talabchan ekanligini bilaman. Jamoa ancha ahil va maqsad uchun kurashishda davom etmoqda.

Keyingi turda "Paxtakor"ga qarshi o'yin kutib turibdi. Bu chempionatda kutilmagan natijalar kuzatildi. Biz qaysi jamoa bilan o'ynashimizdan qatiy nazar g'alaba uchun o'ynaymiz. Agar Toshkentda yigitlarim bugungidek o'ynay olishsa g'alaba qozona olamiz. "Paxtakor" kuchli jamoa ekanligini barcha biladi. Bu bahsda barchani taklif etib qolaman.

"Moliyaviy muammo bo'lsa, murabbiyda doim havotir bo'ladi. O'zim futbolchi bo'lganman. SHu bois shogirdlarimni juda yaxshi tushunaman. Agar yigitlarga maoshlari vaqtida berib turilmasa men ulardan uzr so'rayman va rahbariyat bilan yaxshi kayfiyatda xayrlashishga majbur bo'lamiz. Ishonamanki ish bungacha etib bormaydi. Ayni paytda rahbariyat qo'ldan kelganicha yordam berib turibdi, barcha sharoitlarni yaratib berishgan", - deydi Ashurmatov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика