"Bavariya" Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan so'ng yangi markaziy himoyachi izlamoqda
23 apr 2025 23:45
Yangiliklar
"Bavariya" Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan so'ng yangi markaziy himoyachi izlamoqda
Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Uning malumotlariga ko'ra, dastlab klub yozgi transfer oynasida bu poziciyani kuchaytirishni rejalashtirmagan edi. Biroq, "Inter"ga qarshi Chempionlar Ligasi chorak finalidan mag'lub bo'lgach, "Bavariya" rahbariyati o'z rejalarini qayta ko'rib chiqishga majbur bo'ldi.
Shu bilan birga, Dayo Upamekano bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar futbolchining yuqori moliyaviy talablari tufayli to'xtab qoldi. Shuningdek, agar Kim Min Chje boshqa klubdan manfaatliroq taklif olib, jamoasini o'zgartirish istagini bildirsa, uning klubni tark etish ehtimoli oshib ketadi. Shu vaziyatdan kelib chiqib, "Bavariya" markaziy himoyachi poziciyasiga nomzodlar qidirmoqda. Ayni paytda, "Bavariya" Erik Dayer bilan hamkorlikni davom ettirish maqsadida u bilan muzokaralar olib bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Родриго тиззасидан операция қилинди
Fikrlar