"Barselona"ning "Osasuna" bilan o'yinni kechiktirish haqidagi apellyaciyasi bo'yicha qaror qabul qilindi. Uchrashuv qachon o'tkaziladi?
21 mar 2025 14:40
Yangiliklar
"Barselona"ning "Osasuna" bilan o'yinni kechiktirish haqidagi apellyaciyasi bo'yicha qaror qabul qilindi. Uchrashuv qachon o'tkaziladi?
Ispaniya Qirollik futbol federaciyasi (RFEF) qo'mitasi "Barselona"ning "Osasuna" bilan 27 martga qoldirilgan o'yini bo'yicha murojaatini ko'rib chiqdi.
Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar va pamplonaliklar o'rtasidagi bahs 8 mart kuni bo'lib o'tishi kerak edi, biroq "Barselona" shifokori Karles Minyarroning to'satdan vafot etgani sababli bekor qilingandi. Shundan so'ng uchrashuv 27 martga belgilangan va kataloniyaliklar bu sanadan norozi bo'lib, appelyaciya bergandi.
RFEF qo'mitasi "ko'k-anorranglilar"ning iltimosini rad etdi va o'yin aynan 27 mart kuni bo'lib o'tadi.
Ushbu sanani inobatga olgan holda La Liga "Atletik" – "Osasuna" uchrashuvini 28 martdan 30 martga ko'chiradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar