"Barselona" Ozarbayjonda akademiya tashkil qiladi
28 fev 2025 15:42
Yangiliklar
"Barselona" Ozarbayjonda akademiya tashkil qiladi
"Barselona" klubi moliyaviy ahvolini yaxshilashga yordam beradigan sarmoyadorlarni qidirishda davom etmoqda.
Shu munosabat bilan prezident Joan Laporta direktorlar Joan Soler va Xaver Puig bilan birgalikda Ozarbayjonga borishga qaror qildi. Safardan maqsad Kataloniya klubi uchun mamlakatda akademiya yaratish, biroq delegaciya yangi iqtisodiy kelishuvlar bo'yicha ham muzokaralar olib borish niyatida.
Laporta tadbirkor Adnan Ahmadzoda bilan uchrashadi, u "ko'k-anorranglilar" rahbarining do'sti sanaladi. Shu bois Adnan "Barselona"ning 125 yilligiga bag'ishlangan tantanali kechada VIP-mehmonlardan biri bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar