"Barselona" Braziliya terma jamoasi xavbekini sotib olmoqchi
10 mar 18:56
Yangiliklar


"Barselona" Braziliya terma jamoasi xavbekini sotib olmoqchi
"Nyukasl" yarim himoyachisi Bruno Gimaraes Ispaniya chempionatiga o'tishi mumkinligi xabar qilinmoqda.
Manbaning malum qilishicha, Kataloniyaning "Barselona" jamoasi 27 yoshli futbolchini safiga qo'shib olishni istayapti. "Ko'k-anorranglilar" braziliyalik futbolchi jamoani tark etish ehtimoli bo'lgan niderlandiyalik Frenki de Yongning o'rnini bosadi deb hisoblamoqda. Gimaraesning transfer narxi 80 mln evroga baholanmoqda.
Xavbek Angliya Premer-ligasi ushbu mavsumida 27 o'yinda qatnashib, 2 ta to'p kiritdi hamda 6 ta golli uzatma berdi. Braziliyalik futbolchining bitimi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar