So’nggi yangiliklar

22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  0 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  0 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  1 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  5 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  5 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  3 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  21 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1

Baqoev gollar standartlardan urilayotgani haqida: “Hech qanday sir yo'q, bizda bu ustida ishlashga qaratilgan tizim bor” Yangiliklar

Baqoev gollar standartlardan urilayotgani haqida: “Hech qanday sir yo'q, bizda bu ustida ishlashga qaratilgan tizim bor”

OFK kubogi 2-turida CSKA ustidan qozonilgan g'alabadan keyin “So'g'diyona” ustozi Ulug'bek Baqoev hamda uchrashuvda dublga erishgan SHoxruz Norxonov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Musobaqadagi 2-g'alabangiz bilan tabriklaymiz. O'yin haqida fikringiz.

- Fursatdan foydalanib, butun Tojikiston ahlini birdamlik kuni bilan tabriklayman, tinchlik va xotirjamlik tilayman. O'yinga kelsak, yaxshi boshladik. Hammasi rejadagidek, scenariy bo'yicha amalga oshdi. Gol o'tkazib yubordik va keyin 2-to'pni kiritdik. Ikkinchi taymda tezkor gol urgandek ko'rindik, ammo yana qo'pol xatoga yo'l qo'yildi va gol bo'ldi. Ruhiy tomondan barcha futbolchilarga g'alabaga kerak edi, shu tufayli gol o'tkazib yuborishdan cho'chidik hamda bahs oxirlari juda shiddatli o'tdi. Yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman. Asosiy qadamdan oldin 2-qadamni tashladik (U.Baqoev).

SHoxruz Norxonov:

- To'g'ri, o'yin qiyin bo'ldi. Ammo boshdan oxirigacha uchrashuvni biz nazorat qildik. G'alaba bilan barcha jamoadoshlarim ham muxlislarimizni tabriklayman. O'zbekistondan kelib bizni qo'llab-quvvatlagan ishqibozlarimizga katta minnatdorchilik bildiraman. CSKA ham bahs davomida yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Ularga keyingi o'yinlarda omad tilayman.

- O'yin siz uchun (U.Baqoev) og'ir o'tgani ko'rindi. CSKAdan bugun shunday qarshilikni kutganmidingiz?

- Birinchidan, mezbonlarga qarshi o'ynadik. Albatta, ularda motivaciya 2 karra ko'proq edi: o'z maydoni, o'z shahri va muxlislari. Har bir futbolchi o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. 10 kishi qolishgan bo'lsa ham ikki hissa kuch bilan oxirigacha kurashishdi. SHu sababli o'yin qiyin kechdi. Bu raqib jamoaning qattiq qarshiligi tufayli yuz berdi, chunki ular gol o'tkazib yuborishdan qo'rqmadi.

- G'alaba bilan tabriklayman. Bugun nafaqat Jizzax, balki butun O'zbekiston sizlarga muxlislik qildi. Aytingchi, jamoaning o'z o'yin uslubi sezildimi? Jamoa har xil taktik ko'rinishlarda harakat qildi: qaerdadir yaxshi, qaerdadir umuman boshqa uslubda. O'yin startidan oldin jamoani qanday tayyorlagan edingiz? Hisob 3:2 bo'lganiga qaramay, yigitlarda ishonch sezildi. Ammo jamoa yaxshi o'ynadi. Raqibning kuchli tomonlarini ayta olasizmi? Keyingi savol esa SHoxruzbekka: siz bugun dublga erishishingizni his qilganmidingiz?

- Raqibi o'yiniga to'xtalsak, ular 10 kishi qolgandan keyin va undan oldin ham himoyaviy ko'rinishda o'ynashdi. Tezkor qarshi hujumlarga etibor qaratishdi. Agar sezgan bo'lsangiz, 2-gol yuzaga kelgan vaziyatda qanotdan to'p uzatildi, zarba berildi. Asosiysi ikkinchi to'pni kiritishdi. Tezkor hujumlarni kutgandik. Bizda nimadir o'xshadi, nimadir esa yo'q. Umumiy olganda esa g'oliblikka erishdik. Muvaffaqiyat bilan yigitlar, ishqibozlar va butun O'zbekistonni qutlamoqchiman (U.Baqoev).

SHoxruz Norxonov:

- Gol urganimdan xursandman. Buni oldindan kutmagandim, lekin jamoadoshlarimni g'alaba bilan tabriklayman. Kerakli golni urganim uchun jamoadoshlarimga ham minnatdorchiligimni bildiraman. Agar ular bo'lmasa gollar ham bo'lmasdi. Mening o'rnimda boshqa futbolchi bo'lishi ham mumkin edi. Har bir hujumchi o'yindan oldin gol urish uchun maydonga chiqadi. Keyingi o'yinlarda ham to'p kiritib, jamoamga g'alaba keltirishda davom etaman.

- Jamongiz ushbu musobaqadagi 4 ta golini standartdan urdi. Bu nima bilan bog'liq? Raqib jamoalarning darajasi O'zbekistonnikidan biroz pastroqligimi yoki murabbiylar shtabida bu yo'nalishda yaxshi mutaxassislar bilan ishlayotganingizmi?

- Standartlar – futbolning bir qismi. Agar statistikaga qarasak, 60-70 foiz gollar standartlar vaziyatlardan uriladi. Murabbiylarga to'xtalsak, bu sir emas, bizda standartlar ustida ishlashga qaratilgan mashg'ulotlar tizimi mavjud. Balki, qo'shimcha sifatida yigitlarning yakunlash ko'rsatkichi ham yaxshidir va standartlar yaratilishiga sabab bo'ladiganlar ham. Mazkur holat shu tufayli bo'lsa kerak (U.Baqoev).

- Birinchi navbatda uchrashuvda g'alaba qozonganingiz bilan tabriklayman. Oldinda uchinchi o'yin kutmoqda va keyingi bosqichga chiqishga yaqinsiz. Bunga qanday munosabat bildira olasiz?

SHoxruz Norxonov:

- Uchinchi o'yinga ertadan tayyorgarlikni boshlaymiz. Keyingi bahsda ham faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика