So’nggi yangiliklar

01:54ОФК йилнинг энг яхшиларини эълон қилди  4 01:11"Forbes" йилнинг энг кўп маош олувчи футболчилари рейтингини эълон қилди  0 00:47Рўзиқул Бердиев: "Фабио Каннаваронинг ўйинга келгани ёқимли. Бироқ бу қаердадир ҳалақит қилиши ҳам мумкин"  0 00:31Пикфорд клуби билан шартномасини узайтирди  0 00:13Рафинья "Реал"га қарши ўйнаши мумкин  0 23:51Қозоғистонда футболчи ўйин вақтида вафот этди  2 23:18Баҳром Ҳайдаров: "Камида дуранг билан қайтишни ният қилгандик"  2 21:50Футзал. Ўзбекистон ўртоқлик учрашувида Қозоғистондан устун келган ўйиндан галерея  0 21:25Суперлига. "Насаф" ўз майдонида "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  60 20:23"Ўзбекистон бу салоҳияти билан 3-4 маротаба Жаҳон чемпионатига чиқиши керак эди" — Қозоғистонлик журналист Ербол Каиров билан интервью   13 19:55Сульшер Европа жамоасида иш бошлаши мумкин  2 19:27"Барселона" ҳимоячиларидан бирига янги шартнома тайёрламоқда  1 19:01Манба: Германия клуби "Сўғдиёна" футболчисига қизиқмоқда  6 18:40Айбек Нурбаев: "Жайхун" футболчилари маҳаллий болалардан тузилган, аксарияти энди футболга қадам босган"  0 18:28Ўзбекистон футзал терма жамоаси Қозоғистон устидан ғалабага эришди  7

Bahrom Haydarov: "Kamida durang bilan qaytishni niyat qilgandik" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Kamida durang bilan qaytishni niyat qilgandik"

Superliga 25-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Qo'qon-1912" (3:0) uchrashuvidan so'ng "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Bugun turnir jadvali peshqadamiga qarshiga maydonga tushdik. "Nasaf"ning qay darajada kuchli ekanini hamma biladi. Biz bu jamoaga qo'ldan kelgancha qarshilik ko'rsatishga harakat qildik. Chunki biz uchun har bir ochko tilloga teng. Kamida durang bilan qaytishni niyat qilgandik. "Nasaf" ko'p jabhada ustunlik qildi, buni tan olish kerak. Kam vaziyatlarga ega bo'ldik, lekin foydalana olmadik. Bugun raqib himoyachilari va darvozaboni yaxshi harakat qildi. To'g'ri, 0:3 hisobidagi mag'lubiyat yoqimsiz, ammo oxirigacha kurashishgani uchun futbolchilarimizga rahmat aytaman. Raqib safida Cheran, Norchaev kabi mahoratli o'yinchilar bor va ular ko'p narsani hal qila oladi.

- Bu o'yinda qulay imkoniyatlar ko'p bo'ldi. Lekin golga aylantirishda nima etishmadi?

- Buni har xil izohlasa bo'ladi: mahorat, sovuqqonlik etishmadi deyish mumkin. Jamoamizdagi ko'p futbolchilar hali katta darajada o'ynamagan, bu ham o'yinga tasir qildi. Yana Norchaev misolida aytadigan bo'lsam, u payt kelishini va gol urishini sezadi yoki shuni kutib yuradi. Bizning hujumchilarga esa hali bu narsa to'liq singib ketgani yo'q.

- Bir paytlar o'zingiz ham "Nasaf"da o'ynagansiz. O'sha davr bilan hozirgi futbolda nima o'zgardi?

- Agar "Nasaf" misolida aytadigan bo'lsam, hozir jamoa ancha aqlli futbol namoyish etyapti. "Nasaf" tavakkal o'yin namoyish qilayotgani yo'q. Gol urib olgach kerak pallada orqaga qaytib, nafas rostlab so'ng yana hujumga o'tyapti. Hozir ko'p jamoalar shunga o'xshash aqlli futbolni o'rganib oldi. Qolaversa "Nasaf"da ijrochilar ko'p, masalan Oybek Bozorov juda tezkor va qarshi hujumlarda juda foydali. Oldin faqat bir xil futbol o'ynalardi. Hozir esa "Nasaf" hujumda ham, himoyada ham, qarshi hujumda ham bir xil o'ynay oladi. Taktika va strategiyaga bo'lgan etibor oshdi. 2000-yillardagi futbolda individual kuchli futbolchilar ko'p narsani hal qilardi, hozir esa jamoaviy o'yinga o'tildi. Murabbiylar saviyasi ham oshdi.

- Lekin oldingi davr futbolini muxlislar maza qilib ko'rardi. Bunga nima deysiz?

- Gapingizda jon bor. Hozir futbol pragmatik ko'rinish olyapti. Natija birinchi o'ringa chiqib bo'ldi. Hamma natija xohlaydi. Hozirgi futbolda jamoalar himoyalanishni o'rganib oldi. Ko'pchilik qarshi hujumni maqul ko'ryapti. Faqat hujumkor futbol namoyish etadigan klublar qolmadi hisob. "Barselona" bor-ku deyishingiz mumkin, ammo "Barsa" ham yuqori himoyalanyapti. Shu bois faqat hujum qilayotganga o'xshaydi.

- Muhammadanas Hasanov, Shohruh Gadoev kabi etakchilarning almashtirilishi nima bilan bog'liq?

- O'yin payti turli fikrlar yuzaga keladi. Endi kimning qanday holatda ekanini biz murabbiylar bilamiz, kim qanchalik chidamli buni doim kuzatib boramiz. O'ylaymanki, bugun bu futbolchilar o'rniga tushganlar yo'qolib qolmadi va o'zlarini ko'rsatishga harakat qilishdi.

- Penalti belgilangan vaziyatga fikringiz?

- Bu o'rinda himoyachimizga etirozim bor. Yosh futbolchilarning kuchli jamoada o'ynagisi yoki bo'lmasa chetga ketib faoliyat yuritgisi kelsa oddiy vaziyatda xatoga yo'l qo'ymasligi kerak bo'ladi. Har doim harakatda bo'lish kerak. VAR bormi yo yo'qmi, to'p qo'lga tegsa hakam penalti qo'yishini himoyachi bilishi shart. O'sha vaziyatda futbolchimiz boshqacharoq harakat qilsa ham bo'lardi.

- Sizningcha, bu yil kim chempion bo'ladi?

- Bu qiyin savol. Yaqinda ham shu savolni berishdi. Hozir ko'ryapmizki, "Nasaf" va "Neftchi" chempionlikka asosiy davogar. Bu jamoalarning o'zaro o'yinlari o'tib bo'ldi va endilikda qolgan bahslar hal qiladi. Superligamiz tugashiga 5ta tur qoldi. Buyog'iga oson o'yinning o'zi yo'q. O'tgan yil "Nasaf" chempion bo'ladi deb aytgandim, lekin bu yil aytish qiyin.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
16 okt 23:49:54
STENLESS..R
Хайдаров жамоани зур таёрлабди гап йук Кукон бугун зур уйнади хужум зур факат якунлашда омади келмайди Насаф чемпионликка кийналиб лекин амалласа булади келаси уйинларга икки жамоага хам омад
   
16 okt 23:49:40
STENLESS..R
Хайдаров жамоани зур таёрлабди гап йук Кукон бугун зур уйнади хужум зур факат якунлашда омади келмайди Насаф чемпионликка кийналиб лекин амалласа булади келаси уйинларга икки жамоага хам омад
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика