So’nggi yangiliklar

03:05ЕЧЛ. ПСЖ "Монако"га қарши ажойиб камбэк амалга оширди, "Боруссия Д" "Аталанта"ни мағлубиятга учратди  5 03:05ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди  133 02:49ОЧЛ 2. "Истиқлол" жавоб учрашувида ҳам "Ал Ҳуссайн"га ютқазиб, мусобақани тарк этди  0 01:00ЕЧЛ. "Галатасарой" плей-оффнинг илк баҳсида "Ювентус"ни йирик ҳисобда таслим этди  15 00:03Элит ОЧЛ. "Трактор" "Ал Ғарафа"ни мағлуб этди. "Ал Иттиҳод" "Ал Садд"ни таслим этди (умумий гуруҳ босқичининг якуний жадвали)  1 23:39Эшитдик-да! Ҳусайн Норчаев "Навбаҳор"га ўтмоқда  9 23:24Сака ва "Арсенал" шартномани узайтирди. Букайо клубда энг юқори ҳақ оладиган ўйинчига айланади (BBC)  8 22:59МЮ Рэшфорд учун "Барселона"га чегирма беришни режалаштирмаяпти  3 22:24"Пахтакор" голларга бой кечган назорат учрашувида Грузия клубига ютқазди  13 22:10ОКМК назорат учрашувида Грузия клубига ютқазди  2 21:30"Бухоро" Россия клуби билан дуранг ўйнади  0 21:06Каннаваро: "ВАР протоколини ҳозироқ ўзгартириш лозим - хатолар чемпионат натижаларига таъсир кўрсатиши мумкин"  3 20:32Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"  55 19:57"Арсенал" "Атлетико" ҳужумчиси учун 120 млн евро таклиф қилган, аммо рад жавобини олган  4 19:35Кевин Де Брюйненинг эҳтимолий қайтиш санаси айтилди  0

Bahrom Haydarov: "Ikkita mag'lubiyatdan so'ng fojia yasash noto'g'ri" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Ikkita mag'lubiyatdan so'ng fojia yasash noto'g'ri"

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Nasaf" (0:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Nasaf" mamlakatimizdagi eng kuchli jamoalardan biri. "Nasaf"ga qarshilik ko'rsatish qiyin edi, ammo yigitlar harakat qilishdi. Vaziyatlarga ham ega bo'ldik. Hayot to'xtab qolgani yo'q. Imkoniyatlarga ega bo'layapmizmi, demak bizda o'sish uchun potencial bor. So'nggi uch turda musobaqa jadvalining eng yuqori pog'onasidagi klublarga qarshi o'ynadik. Ularga qarshi o'yinlarda ko'proq ochkolarni qo'lga kiritishini maqsad qilgandik. Biz uch ochko to'play oldik. Oldinda hali o'yinlar bor. Bugungi uchrashuvlardan so'ng tajribamiz ortib boradi. Biz o'zimiz ham "planka"ni ko'tarib qo'ydik. Endi rahbariyat ham muxlislar ham bunday kuchli raqiblarga qarshi o'yinlarda g'alaba kutishmoqda. So'nggi ikki uchrashuvda mag'lub bo'ldik va bundan katta halokat yasash kerak emas. Ishlashda davom etamiz", - dedi Bahrom Haydarov bahs yakunlangach.


- Birinchi bo'lim so'ngida Beshimov juda yaxshi imkoniyatga ega bo'ladi. O'sha vaziyatda foydalana olmaganiga nima sabab bo'ldi?

- Deyarli 100%lik vaziyat edi. Men ham gol bo'ldi deb o'ylagandim. Bu erda darvozabon mahorati ham o'z so'zini aytdi. To'g'ri bunday vaziyatlarni ko'kka sovurish kerak emas, sababi Superligada yarimta vaziyatdan ham foydalanish talab etiladi. Beshimov o'sishda davom etmoqda va hali unda yana imkoniyatlar bo'lishiga ishonchim komil.

- Birinchi davra yakunidan so'ng 2-3ta futbolchilar xarid qilinsa yaxshi bo'lar edi. Ayniqsa sifatli futbolchilar jamoaga qo'shilsa, jamoa yanada kuchaya oladigandek...

- Biz yangi jamoamiz. Superligaga chiqqanimizdan so'ng yangi futbolchilarni ham qo'shdik. Sekin astalik bilan jamoa jipslashib bormoqda. Biz katta "revolyuciya"ga qilmaymiz, ammo bir-ikkita poziciyani kuchaytirish niyatimiz bor. Variantlar ham bor, ammo ularning nomini ochiqlamayman. Imkoniyatimizdan kelib chiqqan holda, menga kerakli poziciyalarni kuchaytiramiz. Ikkita mag'lubiyatdan keyin fojia yasash ham noto'g'ri. Hozirgi kundagi maqsadimiz jamoadagi futbolchilarni rivojlantirish. Beshimov, Husanov va Jo'raboevga o'xshagan futbolchilarni rivojlantirish. Agar ulardan yaxshiroq futbolchilarni topa olsak, ularni o'z safimizga qo'shib olishga harakat qilamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика