So’nggi yangiliklar

13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  0 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  1 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  3 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  2 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  5 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5

Bahodir Mirzaev O'zbekistonda futbolni boshqarishni takomillashtirish mavzusida dissertaciya yoqladi Yangiliklar

Bahodir Mirzaev O'zbekistonda futbolni boshqarishni takomillashtirish mavzusida dissertaciya yoqladi

Olmaliqning AGMK futbol klubi bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan Bahodir Mirzaev kuni kecha mamlakatimiz futboli uchun ahamiyatli bo'lgan mavzudagi ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Jismoniy tarbiya va sport menejmenti yo'nalishida yozilgan dissertaciyaning mavzusi to'liq tarzda "O'zbekistonda professional futbolni rivojlantirishda boshqaruv mexanizmini takomillashtirish" deb nomlanadi.

Bahodir Mirzaevga mazkur ishda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rektori, iqtisod fanlari doktori, professor Boltaboev Mahmudjon Rustamovich ilmiy rahbarliq qildi.

Ushbu dissertaciyada qator dolzarb masalalar ko'tarilgan bo'lib, yurtimizda professional futbolni rivojlantirishda zamonaviy boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqish va samarali boshqaruv mexanizmini amaliyotda qo'llash bo'yicha bir qancha ilmiy tavsiyalar berilgan.

AGMK bosh direktorining dissertaciyasida futbolning boshqaruv mexanizmini takomillashtirish bo'yicha G'arbiy Evropadagi futboli eng rivojlangan mamlakatlarning tajribasi o'rganilgan. Boshqaruv mexanizmini tashkil etishda Belgiya tajribasi eng samaralilardan biri bo'lganligi sababli, uni o'rganishga katta ahamiyat berilgan. 

2000-yillar boshida gigant terma jamoalardan orqada qolib ketgan Belgiyada, bolalar-o'smirlar futbolidagi tizimni tubdan yangilash orqali 14-15 yilda mamlakat milliy terma jamoasini dunyo etakchilari safiga FIFA reytingidagi 66-o'rindan so'nggi yillardagi muntazam 1-2-o'rinlarga olib chiqish vazifasi qanday uslub va usullar yordamida uddalangani, boshqaruvda qanday taktika va strategiyalar qo'llanilgani ilmiy ishdagi eng etiborli jihatlardir (misol uchun, FIFAning so'nggi elon qilingan reytingida O'zbekiston hozir 77-o'rinda).

Bahodir Mirzaevni futbol sohasidagi mazkur ilmiy muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz!

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика