Bahodir Ahmedov: "Eronni mag'lub etishni har bir murabbiy istaydi"
08 may 2014 12:38
Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "Eronni mag'lub etishni har bir murabbiy istaydi"
Vetnamda o'tayotgan futzal bo'yicha Osiyo chempionatining O'zbekiston va Livan terma jamoalari o'rtasida kechgan chorak final uchrashuvidan so'ng har ikkila jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
Eslatib o'tamiz, o'yinda O'zbekiston terma jamoasi 6:2 hisobida g'alaba qozondi.
Francisko Araujo (Ispaniya) – Livan terma jamoasi bosh murabbiyi:
- Kutilganidek, uchsharuv biz uchun juda qiyin kechdi. O'zbekiston Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biri ekanligini yana bir bor isbotladi. Birinchi bo'limda biz raqibdan yaxshiroq harakat qildik, ammo gol urish raqibga nasib qildi. Ikkinchi bo'limda xatolarimiz uchun jazolandik va haqli tarzda mag'lub bo'ldik. Bugun omadsizlikka uchraganimizga qaramay, musobaqadagi ishtrokimizdan ko'nglim to'ldi. O'zbekiston terma jamoasini esa, yarim final yo'llanmasi bilan tabriklayman va ushbu jamoaga omad tilayman.
Bahodir Ahmedov – O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi:
- Jamoamiz yarim finalga yo'llanma olganidan baxtiyorman. Bugun Livanga qarshi o'ynash oson bo'lmadi. Ayniqsa birinchi bo'limda raqib bizga ko'plab muammolarni tug'dirdi. SHunga qaramay, intizomli tarzda to'p surganimiz bizga navf keltirdi. G'alaba uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Keyingi uchrashuvda bizning raqibimiz Eron bo'ladi. Ushbu jamoa Osiyoda tengsiz, ammo har bir murabbiy va jamoa aynan Eronni mag'lub etishni juda istaydi. Albatta, bizning ham shunday niyatimiz bor.

Fikrlar