So’nggi yangiliklar

07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  2 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  3 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  8 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  22 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1

BAA – O'zbekiston uchrashuvi uchun o'zbekistonlik muxlislarga nechta chipta taqdim etiladi? Yangiliklar

BAA – O'zbekiston uchrashuvi uchun o'zbekistonlik muxlislarga nechta chipta taqdim etiladi?

Milliy terma jamoa Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida safarda Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi maydonga tushadi.

Xabaringiz bor, terma jamoa 5 iyun kuni JЧ 3-saralash bosqichi 9-turi doirasida BAAga safar uyushtiradi. Mazkur bahs O'zbekiston uchun tarixiy ahamiyatga ega, sababi aynan shu o'yin natijasi Timur Kapadze shogirdlarini muddatdan avval JЧ-2026ga olib chiqishi mumkin. 

Ko'plab o'zbekistonlik muxlislar termani BAAga qarshi safar uchrashuvda qo'llab-quvvatlash istagini bildirishmoqda. Hozirgi kunda muxlislar uchun asosiy muammo – chipta xaridi. Чiptalar esa hali sotuvga chiqqani yo'q. Xo'sh, Abu-Dabiga boradigan o'zbekistonlik muxlislarga nechta chipta taqdim etiladi?

"Qabul qiluvchi tashkilotlar (hozirgi holatda BAA futbol associaciyasi – tahr.), OFK va tashkilotchi uyushma (BAA futbol associaciyasi – tahr.) tomonidan belgilanadigan alohida xavfsiz hududda, har bir ishtirokchi associaciyaning muxlislari uchun stadionning sof sotuv sig'imining kamida sakkiz foizini taminlashlari shart. Sotib olinadigan chiptalar soni tegishli o'yindan kamida o'n to'rt kun oldin qabul qiluvchi tashkilotga malum qilinishi lozim. Mehmon jamoa, hatto chiptalar ishlatilmagan taqdirda ham, sotib olingan barcha chiptalar uchun javobgardir", – deyiladi OFK reglamentida.

Шunday ekan, O'zbekiston milliy terma jamoasini stadiondan turib qo'llab-quvvatlamoqchi bo'lgan muxlislarga stadion sig'imining 8% qismi ajratiladi. Uchrashuv Abu-Dabidagi 15 ming tomoshabinga mo'ljallangan "Al Nahayyon" stadionida bo'lib o'tishini inobatga olsak, vatandoshlarimiz uchun 1200 ta chipta sotuvga chiqariladi.

Eslatib o'tamiz, 5 iyun kuni bo'lib o'tadigan bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика