So’nggi yangiliklar

11:55​"Нефтчи" мухлислари қаршисида "Динамо"ни доғда қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 11:31Аскер Нажафалиев Индонезия Суперлигасида ишлайди  0 11:26Ўзбекистон кубоги ярим финал ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  1 11:14Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашувини ким бошқариши маълум  4 11:09Владислав Цейтлин Роналду клубининг ўйинида ишлайди   1 11:02Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ҳакамлар 2-турнинг иккита ўйинида ишлашади  0 10:58Футзал бўйича саралаш. Бошқа гуруҳларда кимлар бор?  0 10:54Футзал. Бугун терма жамоамиз Шарқий Тиморга қарши майдонга тушади  1 10:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг навбатдаги йиғинига чақирилган футболчилар маълум  3 10:01Элит ОЧЛ. Биринчи тур учун рамзий жамоа тузилди, ундан "Насаф" ўйинчиси ҳам ўрин олди   1 09:52Sofascore. Жароҳат олиб, майдони тарк этган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 09:21Гвардиола шахсий антирекордини янгилади  2 08:50Sofascore. Кеча гол урган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 08:22"Андижон" Украина терма жамоаси собиқ футболчиси билан шартнома тузди  6 07:56Гвардиола Ҳусанов жароҳат олганини тасдиқлади  3

Aziz To'xtaboev: “Zaxiradan tushayotganimda gol urishimni sezgandim" Yangiliklar

Aziz To'xtaboev: “Zaxiradan tushayotganimda gol urishimni sezgandim"

Oliy liganing 7-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Buxoro” uchrashuvida maydon egalari 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.
Qo'qonliklar tarkibida zaxiradan maydonga tushgan Aziz To'xtaboev oradan ko'p o'tmay, mavsumdagi o'zining birinchi, jamoasining esa uchrashuvdagi ikkinchi to'pini kiritib, “Qo'qon-1912”ga muhim g'alabani taqdim etdi. SHu munosabat bilan bahsdan so'ng To'xtaboevni suhbatga chorladik.

- Aziz aka, avvalo g'alaba bilan tabriklaymiz. O'yin haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?


- Tabrik uchun rahmat. O'zingizga yaxshi malum, bizni uchrashuvda faqat g'alaba qoniqtirardi. Ketma-ket omadsiz o'yinlardan keyin, ishqibozlarimizni uch ochko bilan xursand qilishni o'ylagandik. SHuning uchun jamoaviy o'yin namoyish etib, muxlislarga xursandchilik ulashdik. Ahillik juda muhim o'rin tutdi. Quvonarlisi barcha bir-birini qo'llab-quvvatladi va yakunda kerakli natijani qayd etdik. Menimcha bahs teng kurashlar ostida o'tdi. Ikkita teng kuchga ega klublarning to'qnashuvi bo'ldi. Unda g'olib bo'lganimizdan mamnunman.

- G'alabani kimga bag'ishlagan bo'lardingiz?

- Butun o'yin davomida bizni tinimsiz qo'llab-quvvatlab turgan ishqibozlarimizga va har bir uy o'yinimizga kelib, bizga ruhan dalda bo'layotgan Qo'qon shahar hokimi va klub rahbariyatiga bag'ishlayman. Ushbu g'alaba bu yilgi chempionat hisobidan o'z maydonimizdagi birinchisi bo'ldi. Umid qilamanki, keyingi o'yinlarda ham mazmunli va muvaffaqiyatli ishtirok bilan muxlislarni xursand qilamiz.

- Faqat ochig'ini ayting, zaxiradan maydonga tushayotganingizda gol urishingizga qanchalik ishongandingiz?

- Gapimga ishoning, gol urishimni oldindan his qilgandim. Buni zaxiradagi futbolchilarga ham aytganman. Hisob 1:1 ko'rinishda bo'lib turganida g'alaba ilinjida jamoamga qanday bo'lmasin yordam berishni o'yladim. Murabbiyga rahmat. Ishonch bildirdi va ruhlantirib, maydonga tushirdi. Albatta urgan golim jamoamga foyda keltirganidan xursandman. Buning uchun jamoadoshlarimga ham rahmat aytaman.

- “Buxoro”ning o'yini sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Yaxshi jamoa. Ularga ham ochko zarur edi. SHuning uchun hujumkor o'yin namoyish etdi. Biroq omad jamoamiz tomonida bo'ldi. Futbolda omad kuchlilarga kulib boqadi deb bejizga aytishmagan.

- Endi keyingi turda sobiq jamoangiz bo'lmish “Qizilqum” mehmoni bo'lasizlar. Bo'lajak bahs oldidan nima deysiz?


- Bugungi g'alaba barchamizni kayfiyatimizni ko'tarib yubordi. Albatta Navoiyda ham faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. Raqibni hurmat qilgan xolda shuni aytishim mumkinki, “Qizilqum” bilan ham bemalol o'ynasa bo'ladi. Nasib qilsa safardan ham ijobiy natija bilan qaytamiz. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика