So’nggi yangiliklar

16:08Расман: "Навбаҳор" Сергей Лушчанни истеъфога чиқарди  3 16:02Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Венгрия устидан ғалабага эришди  0 15:38"Бухоро"да бешинчиси беш бўладими?  3 15:12"Манчестер Сити" ПСЖ футболчиси учун 120 млн евро тайёрламоқда  0 14:39"Реал" Эдегорни ортга қайтармоқчи  9 14:10Футзал. Олий лига 2-тур учрашувларига Андижон мезбонлик қилади  1 13:43Манба: Отабек Шукуров фаолиятини қаерда давом эттириши маълум  1 13:16Испаниялик мураббий: "Ўзбекистон Кубоги финалига "Пахтакор" ва "Бухоро" чиқади"  9 12:49​"Ливерпуль" афсонасининг ўғиллари "Сити"да дебют қилди  0 12:22Ишончсизлик ҳақидаги миш-мишлар рад этилди: Алонсо Винисиус ҳақида баёнот берди  0 11:53"Арсенал" Япония терма жамоаси вингери билан шартнома тузмоқчи  0 11:21Вадим Абрамов Самарқандда тарих ёзадими? "Пахтакор"да ортга йўл қолмади  5 10:46Рауль Бундеслига жамоасига бош мураббий бўлиши мумкин  0 10:18Узоқ муддатга сафдан чиққан Гави жароҳати ҳақида фикр билдирди  1 09:48"Манчестер Сити" меҳмонга боради. Лига кубогининг навбатдаги босқичига қуръа ташланди  3

Azar yana safdan chiqdi – Madriddagi 18-jarohat. Bu endi hatto kulgili ham emas (mutolaa uchun) Yangiliklar

Azar yana safdan chiqdi – Madriddagi 18-jarohat. Bu endi hatto kulgili ham emas (mutolaa uchun)

Umidsizlik.

Agar eslay olmasangiz, Eden Azar hali ham "Real"da o'ynamoqda. Qanday o'ynamoqda? Belgiyalik joriy mavsum maydonda faqatgina 296 daqiqani o'tkazdi. Hozircha statistikasini to'g'irlamadi va yana jarohat oldi, tizza bilan muammolar. Bu Madriddagi to'rt yil ichida 18-jarohat.

Jurnalist Mario Kortegananing yozishicha, Azar taxminan ikki haftaga safdan chiqqan.



Azar Madriddagi to'rt yilda 72ta o'yinni o'tkazib yubordi


• Azar "Real"dagi to'rt yilda turli jarohatlar sabab 74ta o'yinni o'tkazib yubordi. U bu vaqt davomida CHempionlar ligasi, ikki bor La Liga g'olibligi, shuningdek Ispaniya superkubogi va Evropa superkubogini qo'lga kiritdi.

• U "CHelsi"dagi 7 yilda 21ta o'yinni o'tkazib yuborgan. Kxe-kxe...

• "Real" Azarning noprofessionalligi va doimiy jarohatlaridan norozi. Eden jarohatlarda borini bermaydi, faqatgina yozgi yig'inlarda harakat qiladi. "Nega Azar o'ynamayapti? Hammasi oddiy – sababi boshqalar o'ynashmoqda. Bu erga o'yinlarni yutish uchun kelganman, o'yinchilarga daqiqalar berish uchunmas", – deya tan oldi Karlo Anchelotti.



• Azar "Madrid"da yiliga 30 million evrodan ortiq maosh oladi – masalan, Vinisius va Rodrigo ikkalasi ham undan kam oladi. Jamoa etakchisi Eder Militao esa daromad bo'yicha undan taxminan besh karra yutqazadi.


"Azar bilan hozirda bo'layotgan narsani hech kim kutmagan. U haqida gapirish deyarli huddi sobiq o'yinchi haqida gapirishdek", – deya umidsiz gapirdi Predrag Miyatovich.

"Real" ham. Va anchadan beri.



Bundan buyog'igachi? Eden "Al-Nassr"ni orzu qilmoqda, ammo bu amalga oshmaydiganga o'xshaydi


"Madrid" Azardan qutulmoqchi, faqatgina jarohat oladigan vingerga davogar umuman yo'q.

Yil boshida ko'p marta "Al-Nassr" haqida gapirishmoqda – Krishtianu bilan shartnoma imzolanganidan so'ng u erga ko'p kishini bog'lashmoqda, ammo Edenning bo'yicha shovqin ko'proq. The Athletic'ning yozishicha, "Al-Nassr" yangi yulduzlar bilan, jumladan Azar bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmayapti.



Edenning o'zi ham "Madrid"da o'ynab ketish o'xshamasligini tushunmoqda. U Qatardagi JCH oldidan Mario Korteganaga maksimal tarzda ochiq intervyu berdi va muxlislar oldida kechirim so'radi: "Agar menga yozda ketishim kerakligini aytishsa – men buni qabul qilaman. Menda shartnoma bo'yicha yana bir yil bor. Bu klubning qarori.

Albatta, odamlarning menga shubhalanayotganini tushunaman. Bu normal holat. Uch yil davomida o'ynamadim, bu esa eng qisqa vaqtlarda ham yaxshi darajani ko'rsatishim kerakligini bildiradi. Kechiring, ammo men harakat qilayotganimni sezishingiz mumkin, ammo vaqt etmayapti. Jamoada mendan yaxshi o'ynayotganlar borligi ravshan. Buni qabul qilishim kerak.

Qanday o'ynayotganimdan kelib chiqsak, o'z transferimni nolga baholagan bo'lardim, sababi men kerakli darajani ko'rsata olmayapman. "Real" o'yinchisi bo'lish bolaligimdagi orzuim edi. SHu libosda o'ynashni xohlayman. Haqiqatda esa barchasi boshqacha bo'lib chiqdi. Men hatto aslida CHempionlar ligasini yutganman ham deb hisoblamayman.



Ammo, men jilmayishni yo'qotmayman va muammo yaratmayman. Menga dunyodagi eng zo'r jamoada o'ynashdek omad keldi".

Faqatgina unga unchalik omad kelmadi.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика