Azar: "Ronalduning gaplariga qo'shilmayman"
20 fev 2024 00:53
Yangiliklar
Azar: "Ronalduning gaplariga qo'shilmayman"
Eden Azar Krishtianu Ronalduning Liga 1 haqidagi gaplariga qo'shilmaydi.
Oldinroq, portugaliyalik Saudiya Arabistoni chempionati Liga 1dan ustunroq ekanligini aytgan edi: "Franciyada 2-3ta yaxshi jamoalar bor, bizdagi raqobat kuchliroq".
"Uning gaplariga qo'shilmayman, bu shunchaki uning fikri. Agar Saudiya Arabistoni chempionatiga qaraydigan bo'lsak, top futbolchilarni ko'rasiz, top jamoalarni emas.
Liga 1 jamoasi Saudiya Arabistoni klubiga qarshi o'ynasa, franciyaliklar g'alaba qozonishiga ishonchim komil. Balki oson bo'lmas, ammo Franciya chempionatining darajasi yuqoriroq. Ularning ligasini kuzatyapman, ularda iqtidorli futbolchila bor" - dedi Azar.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar