So’nggi yangiliklar

12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   3 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  16 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  24

Azamat Abduraimovning o'rniga O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi Yangiliklar

Azamat Abduraimovning o'rniga O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Xabaringiz bor, 2018 yilning mart oyidan buyon O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelgan Azamat Abduraimov o'z arizasiga binoan istefoga chiqqan edi.

O'zbekiston U-16 terma jamoasiga endilikda ushbu yosh toifasidagi futbolchilar bilan ishlashda katta tajribaga ega bo'lgan Olim SHokirov ustozlik qiladi.

Kecha O'FA Murabbiylar kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi va unda O'zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishga nomzodlar ko'rib chiqildi. Murabbiylar kengashining tavsiyasi inobatga olingan holda Olim SHokirov endilikda O'zbekiston U-16 terma jamoasida bosh murabbiy sifatida ish olib boradi. SHu paytga qadar O'zbekiston U-16 terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlab kelgan mutaxassislar ham faoliyatini davom ettiradi – Sergey Arslanov (katta murabbiy), Timur G'aniev (darvozabonlar murabbiyi) hamda Jamshid Umarov (jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy).

SHuningdek, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi murabbiylar shtabida tajribali mutaxassislar – Islom Ahmedov va Dilshod Nuraliev maslahatchi murabbiy sifatida o'z tavsiyalarini berib borishadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика