So’nggi yangiliklar

08:56Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"да Роналду билан бўлган можаро ҳақидаги саволга жавоб берди  0 08:27Саудия клуби 28 миллион евролик трансферни амалга оширди  0 07:58Суперлига. Бугун 18-турга старт берилади  0 07:45Ўртоқлик ўйини. "Палермо" - "Манчестер Сити" 0:3  0 07:30Расман. "Ал Насср" навбатдаги трансферини эълон қилди  0 02:03"Манчестер Сити" ўртоқлик ўйинида "Палермо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ҳусанов майдонда ҳаракат қилди  19 01:25Расман: Нуньес 65 млн евро эвазига "Ливерпул"дан бошқа клубга ўтди  1 01:12"Эшитдик-да". Роналдиньо Тошкентга келади!  5 00:58ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди  0 00:03"Барселона" Иньигонинг кетишини эълон қилди. Ҳимоячи "Ал Насср"га ўтмоқда  0 23:25Одил Абдумажидов: "Хато қилишга ҳаққимиз йўқ, "Қўқон-1912" билан 6 очколик ўйин бўлади"  0 22:49Ўртоқлик ўйинлари. МЮ пенальтилар сериясида "Фиорентина"дан устун келди, "Милан" "Лидс" билан дуранг ўйнади, "Арсенал" "Атлетик"ни таслим этди, "Рома" ва "Атлетико" эса инглиз клубларини мағлуб этди  1 22:33Риза Айвазов Мўғулистон клубига ўтди  7 22:11"Ньюкасл" 40 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0 21:37"Реал" собиқ футболчиси Эден Азар ПСЖга ўтиши мумкин эди  1

Azamat Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga nomzod futbolchilar Toshkentda yig'in o'tkazishdi Yangiliklar

Azamat Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga nomzod futbolchilar Toshkentda yig'in o'tkazishdi

O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari uchun yig'inlar o'tkazish va bo'lajak musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko'rishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

Jumladan, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga nomzod futbolchilar o'rtasida 28 apreldan 2 may kuniga qadar “CHig'atoy” sport bazasida o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazildi. Ushbu yig'in davomida murabbiylar shtabi 2004 yilda tug'ilgan yosh futbolchilarning maydondagi fikrlash qobiliyatini, texnik-taktik imkoniyatlarini ko'zdan kechirishdi, yuzaga kelgan kamchiliklar tahlil qilinib, tegishli ko'rsatmalar berildi.

Yig'in doirasida ikkita nazorat uchrashuvi tashkil qilindi. Bunyodkor stadionida bo'lib o'tgan ushbu o'yinlarda Azamat Abduraimov shogirdlari 2003 yilda tug'ilgan “Spartak” jamoasi futbolchilarini 3:1 hisobida, hamda shu yilda tug'ilgan “Bunyodkor” jamoasi azolarini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdilar.

Bunday o'quv-mashg'ulot yig'inlarini yil davomida muntazam o'tkazib borish rejalashtirilgan.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика