So’nggi yangiliklar

09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  0 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  1 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  10 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  16 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  1 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  6 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  1 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  2 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  5 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  5

Azam Aliev: Penalti yo'q edi Yangiliklar

Azam Aliev: Penalti yo'q edi

Teglar :  Azam AlievNavbahor
Oliy liganing ikkinchi davra bahslarini ko'tarinki kayfiyatda boshlay olgan Namanganning Navbahor jamoasi 20-turga kelib mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.

Muborakda Mashal jamoasi mehmoni bo'lgan lochinlar 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi. Biz esa o'yindan keyin Navbahorning iqtidorli futbolchisi Azam Aliev bilan bog'lanib mag'lubiyat sabablari va boshqa masalalar xususida suhbatlashdik.

- Azamjon suhbatimizni Mashalga qarshi kechgan o'yin haqidagi fikrlaringiz bilan boshlasak.
- O'yin yaxshi o'tdi. Har ikkala jamoada ham gol urish uchun bir qancha qulay vaziyatlar yuzaga keldi. Lekin raqiblarimiz ham, biz ham ulardan foydalana olmadik. O'tkazib yuborgan gollarimizga keladigan bo'lsak, birinchi gol penaltidan urildi. Lekin shuni aytishim kerakki o'sha vaziyatda penalti yo'q edi. Ikkinchi gol esa himoyadagi xatolarimiz evaziga kiritildi. Xullas o'yinning qanday kechganiga qarab baho beradigan bo'lsam, bu o'yin ko'proq durang natijaga mos tarzda o'tdi. Biz o'z xatolarimiz evaziga mag'lubiyatga uchradik.

- Belgilangan penalti haqida batafsilroq to'xtala olasizmi?
- Albatta, o'sha vaziyatda to'p qo'limga emas yuzimga kelib tegdi. Buning oqibatida esa kichik jarohat ham oldim. Lekin hakam to'p qo'lga tegdi deb baholadi va penalti belgiladi. Keyinchalik hakamga noto'g'ri qaror chiqarganini aytganimda, u o'yinchilar orasida yaqqol ko'rinmaganini, to'p esa qo'lga tekkanday tuyulgani uchun penalti belgilaganini takidladi. Vaholanki o'sha vaziyatda qo'llarim to'pga nisbatan pastda edi.

- O'zi umuman olganda bu yil Navbahor penaltilardan eng ko'p aziyat chekayotgan jamoa bo'lib turibdi. Bu masalaga bosh murabbiy jiddiyroq yondoshmasa bo'lmaydiganga o'xshaydi.
- To'g'ri bu yil darvozamizga juda ko'p penalti belgilandi, lekin ularning hammasini ham haqqoniy deb bo'lmaydi. Biz iloji boricha jarima maydoni ichida hushyor o'ynashga intilyapmiz, biroq ayrim vaziyatlarda hakamlarning xatosi biz uchun qimmatga tushib qolyapti.


- Mashalning bugungi kuchiga qanday baho berasiz?
- Mashal, mahoratli va tezkor futbolchilardan tashkil topgan kuchli jamoa. Ayniqsa ular qarshi hujumga juda tez o'ta olishadi. Masalan ular tezkor qarshi hujum samarasi o'laroq bizni ikki bor jazolashdi.

- Navbahor jamoasi o'yinga oz soatlar qolgandagina Muborakka etib bordi. Ehtimol futbolchilarda charchoq alomatlari sezilib qolgandir?
- Yo'q unday deb o'ylamayman. To'g'ri o'yin avvalida hududdagi issiq havo futbolchilarga erkin harakatlanishlari uchun qiyinchilik tug'dirdi lekin keyinchalik havoga moslashib o'z o'yinimizni ko'rsata boshladik. SHaxsan menda charchoq alomatlari sezilmadi.

- Sizning jismoniy holatingiz bilan ko'pchilik qiziqadi. Aytaylik 90 daqiqa davomida bir maromda harakat qila olasiz. Bunday jismoniy barqarorlikka qanday erishasiz?
- Ochig'i bunday etirofni Sizdan eshityapman. Bu erda hech qanday sir yo'q. Doim barcha jamoadoshlarim bilan bir xil mashg'ulot olib boraman. Tanovvul qiladigan ovqatlarimiz ham bir xil.

- Ko'ryapmizki Navbahor raqib jarima maydoni atrofida standart vaziyatga ega bo'lsa, hujumchilarga yordamga bormayapsiz. Bu murabbiyning ko'rsatmasimi yoki Sizning bo'yingiz unchalik uzun emasligi bilan bog'liqmi?
- Bu murabbiyimizning ko'rsatmasi. CHunki jamoa hujum qilayotgan paytda himoyani ham unutmaslik kerak. Agar Abbos Maxstaliev maydonda bo'lsa uning joyiga qarab ko'rsatmalar o'zgarib turadi.

- Lochinlar 21-turda Bekobodning Metallurg jamoasini qabul qilishadi. Ushbu bahsdan nimalarni kutyapsiz?
- Ushbu o'yinga ham doimgidek jiddiy tayyorgarlik ko'rib, g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Qolaversa biz joriy mavsumda o'z maydonimizda mag'lubiyatga uchramaslikni maqsad qilganmiz. Nasib qilsa Metallurg jamoasiga qarshi o'yinda ham mavsum boshidan beri qayd etib kelayotgan mag'lubiyatsiz seriyani davom ettiramiz deb o'ylayman.

- Rahbariyat kelgusidagi rejalar haqida futbolchilar bilan muloqot qilyaptimi?
- Albatta, ko'ryapsizki bu yilgi tarkibimiz avvalgi yillarga nisbatan ancha kuchli. SHuningdek jamoa yaxshi shakllanib boryapti. SHundan kelib chiqqan holda rahbarlar birinchi navbatda ushbu tarkibni saqlab qolishni maqsad qilishgan. Kelgusi yili Navbahor jamoasi sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan jamoa bo'lib shakllanishini istashmoqda.

- Milliy terma jamoamiz haqida biroz suhbatlashsak. Jahon chempionatida ishtirok etish huquqidan yana mahrum bo'ldik. Terma jamoamizning omadsiz ishtiroki haqida nima deysiz?   
- Albatta, bundan barcha yurtdoshlarimiz qatori biz ham afsusdamiz. CHunki futbolchilarimizning JCH yo'llanmasini qo'lga kiritishlarini juda ham xohlagandik. Afsus bu o'xshamadi. Lekin Qatardagi navbatdagi mundialda albatta O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etadi deb o'ylayman.

- Navbahor safida ayni paytda terma jamoa safida o'ynay oladigan yosh futbolchilar bormi?
- Bo'lmasamchi. Masalan jamoadoshim Aziz Turg'unboev shu yo'sinda mehnat qilishda davom etsa, albatta terma jamoa murabbiylari tomonidan taklif oladi. Umuman olganda jamoamizda iqtidorli yoshlar ko'pchilikni tashkil etadi. Ularni ham vaqti kelib terma safida sinab ko'rish foydadan holi bo'lmaydi.

- Muxlislarga aytar gaplaringiz bo'lsa marhamat.
- Malumki Navbahor muxlislari mamlakatimizda tengsizlar. Men va jamoadoshlarim o'ziga xos ananalar hamda shonli tarixi, qolaversa, fidoiy muxlislariga ega bunday jamoada to'p tepayotganimizdan faxrlanamiz! Hozirda Navbahor jamoasining barcha futbolchilari bir maqsad yo'lida yakdillik bilan Namangan ahli va muxlislarini o'ziga xos g'alabalar bilan xushnud etishga bel bog'laganmiz. O'z navbatida muxlislarimizning stadionga tashrif buyurib, bizni bo'lajak o'yinlarda qo'llab quvvatlashlarini so'ragan bo'lardim. Zero biz uchun muxlislar mehri va ishonchi juda muhim.  

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика