So’nggi yangiliklar

"Ayaks" o'z tarixida 36-marta Niderlandiya chempioni bo'ldi Yangiliklar

"Ayaks" o'z tarixida 36-marta Niderlandiya chempioni bo'ldi

Teglar :  Ayaks
"Ayaks" navbatdagi chempionlikni naqd qildi.

Jamoa o'z tarixida 36-marotaba mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. 

Erik ten Xag jamoasi chempionat tugashiga bir tur qolganida "Xerenven"ni 5:0 hisobida mag'lub etdi. 

Amsterdamliklar ketma-ket uchinchi yil musobaqa g'olibiga aylanishdi. 

36 ta chempionlik - mamlakat rekordi hisoblanadi. Bu borada ikkinchi natijani 24 marta oltin medalni qo'lga kiritgan PSV qayd etmoqda. 

Eslatib o'tamiz, "Ayaks" bosh murabbiyi Erik ten Xag kelasi mavsumdan boshlab "Manchester Yunayted"ni boshqaradi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика