"Ayaks" avgust oyidan beri ilk bor g'alaba qozondi va xavfli zonani tark etdi
03 noy 2023 09:06
Yangiliklar
"Ayaks" avgust oyidan beri ilk bor g'alaba qozondi va xavfli zonani tark etdi
Amsterdamliklar Niderlandiya chempionatining qoldirilgan 3-tur o'yini doirasida "Volendam"ni mag'lubiyatga uchratishdi. Bu orqali jamoa ochkolari sonini 8 taga etkazib, xavfli zonani tark etdi. G'alabadan keyin jamoa 15-o'ringa ko'tarilib oldi.
Mamlakatning eng sovrindor jamoasi bungacha so'nggi marotaba 24 avgust kuni Evropa ligasi doirasida "Ludogorec"ni mag'lub etgandi. SHundan so'ng jamoa 7 ta mag'lubiyat va 3 ta durang qayd etdi.
Klub 23 oktyabr kuni murabbiy Moris Steynni istefoga chiqargandi. Ayni paytda jamoani Jon van 't Sxip boshqarmoqda.
"Ayaks" – "Volendam" 2:0
Gollar: 1:0 – 57 Bergveyn, 2:0 – 89 Akpom.
Ayaks – Ramay, Goei, SHutalo, Xato, van den Bomen, Taylor (Vos, 80), Xlinsson (Godts, 85), Marta (Salax-Eddin, 65), Bergeys, Bergveyn, Brobbi (Akpom, 79).
Volendam – Bakxaus, Payn (Dauyri, 63), Benamar, Flint, Koks, Mirani, Tvigt (van Dril, 90), de Xan (Zefeyk, 63), Ul-SHik (Kuol, 79), Djonson, Myuren (But, 79).
Ogohlantirishlar: Tvigt (85).

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar