"Avval uzr so'ra!" Sobiq hakam Laportani er bilan bitta qildi
04 fev 16:22
Yangiliklar
"Avval uzr so'ra!" Sobiq hakam Laportani er bilan bitta qildi
Eslatib o'tamiz, Laporta avvalroq madridliklarning "Rayo Valekano" ustidan qozongan g'alabasini shubha ostiga olib, hakamlarni "Qirollik klubi"ga yon bosishda ayblagan edi.
Iturralde Laportaga "Negreyra ishi"ni eslatib qo'ydi:
"Rayo" darvozasiga belgilangan penaltida shubha yo'q. Hakamlar kimgadir yon bosayotganini aytayotgan Laportaga bir narsani eslatmoqchiman: bugungi kundagi zaharli muhitni aynan u va "Barselona"ning boshqa prezidentlari yuzaga keltirgan. Ular yillar davomida hakamlar qo'mitasi vice-prezidenti, yaramas Negreyraga pul to'lab kelishgan.
Laporta hakamlik haqida gapirishdan oldin, ispan futboli va hakamlarini shunday mashmashalarga aralashtirib qo'ygani uchun tiz cho'kib uzr so'rashi kerak. U va o'sha yaramas Negreyra ispan hakamligiga eng katta zarbani berishgan", — dedi Iturralde.
Malumot uchun, "Barselona" 2001 yildan 2018 yilgacha hakamlar qo'mitasi sobiq mulozimi Negreyraga millionlab evro to'lagani uchun hali hamon sud jarayonlari markazida qolmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar