So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Avstraliya Dubayda yig'in o'tkazdi, “markaz” bundan xabardormi? Yangiliklar

Avstraliya Dubayda yig'in o'tkazdi, “markaz” bundan xabardormi?

Malumki, shu yilning kuzida Myanmada yoshlar (U-19) o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Qitaning etakchi jamoalari qatorida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham Osiyo chempionatida ishtirok etadi va mundialga beriladigan 4 ta yo'llanma uchun davogarlik qiladi.

Terma jamoamiz ushbu nufuzli musobaqaga bosqichma-bosqich tayyorgarlik olib bormoqda. Sergey Lushan jamoasining navbatdagi yig'ini 22-29 may kunlari Toshkentda bo'lib o'tadi. Takidlash joiz, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatining “B” guruhida Avstraliya, BAA va Indoneziyaga qarshi bahs olib boradi.

Kuni kecha guruhdagi asosiy raqiblarimizdan biri Avstraliya aynan BAAning Dubay shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdi. Yig'in doirasida 3 ta o'rtoqlik uchrashuvi ham tashkil etildi. Yashil qita vakillari 9 va 11 may kunlari Ummon yoshlar terma jamoasi bilan 2 ta o'yin o'tkazishgan bo'lsa, uchinchi sparing-raqib vazifasini Aziz Haydarov to'p tepayotgan “Al-SHabab” yoshlar jamoasi bajarib berdi.

Endi o'rinli savol tug'iladi: Avstraliya BAA bilan bir guruhdan joy olgan bo'lsa, nima uchun aynan raqib maydonida yig'in o'tkazildi? Olgan malumotlarimizga ko'ra, Avstraliya futbol federaciyasi Osiyo chempionatiga qura tashlanishidan oldin yillik tayyorgarlik rejasini tasdiqlab qo'ygan. Rejada aynan may oyining ikkinchi o'n kunligida Dubayda yig'in o'tkazish bo'lgan. Bundan tashqari, BAA yoshlar terma jamoasi bilan ham yil boshida o'zaro 2 ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishga kelishib olingan ekan. “Sokkeruzlar” BAA bilan bu o'yinlarni bekor qilishdi, lekin yig'inning o'zidan voz kechilmadi va avvaldan belgilangan vaqtda o'tkazildi.

Malumki, bu yosh toifasida o'rtoqlik uchrashuvlari va xalqaro turnirlar nisbatan kamroq o'tkaziladi. Boridan esa maksimal darajada foydalaniladi. Tasavvur qiling, taxminan 10 ming kilometr uzoqdan Avstraliya Dubayga kelib tayyorgarlik ko'ryapti. Lekin O'FF Terma jamoalar markazi yoshlar terma jamoamiz murabbiylar shtabidan hech kimni Toshkentdan samolyotda borganda, 3 soat uzoqlikdagi Dubayga yubormadi. Futbolda mayda detallar bo'lmaydi. Har bir narsaga alohida etibor bilan qarash talab etiladi. Avstraliya o'zi qanday jamoa, qaysi futbolchilari etakchi rolida, qay uslubda futbol o'ynaydi qabilidagi savollarga birgina murabbiy javob topib kelardi, ahir.

Bir kishi uchun Toshkent – Dubay – Toshkent avia reysi chiptasi 2 mln. so'mga tushadi. Bir kunlik mehmonxona harajati 100 dollar. Nazarimda, bu markaz uchun katta summa emas. Biror terma jamoamiz xorijda yig'in o'tkazsa, unnga qo'shilib borishni xohlovchilar ko'payib ketadi. Mayli, bu alohida mavzu. Bu haqida yana bafurja to'xtalamiz. Evropa mamlakatlari kabi futbolga professional yondashuv bo'lmas ekan, natija ham haminqadar bo'lib qolaveradi.

Kamoliddin ALIMOV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика