So’nggi yangiliklar

20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  1 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  0 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  0 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  8 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  5 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   9 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  6 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  13 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   2 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  20 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  13 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0

Avjiga chiqqan Pro-liga, Buxoroda "Yil o'yini" va "Xo'p-xo'p, xo'pala" haqida (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

Avjiga chiqqan Pro-liga, Buxoroda "Yil o'yini" va "Xo'p-xo'p, xo'pala" haqida (Bekzod Tolibov blogi)

Kecha "Bobur-arena"da "Andijon" - "Turon" bahsi bo'lib o'tdi. Bir kun avval esa "Buxoro" o'z maydonida "Xorazm"ni qabul qilgandi.

Andijondagi vodiy derbisi kutilganidan ham anchayin shiddatli o'tdi. Kun davomida vaqti-vaqti bilan yog'ib turgan kuz yomg'iri natijasida maydon bir oz sirpanchiq xolatda edi, ammo tabiatning bu injiqligi o'yin haroratiga tasir ko'rsata olmadi. "Andijon" shu kuni g'alaba qozonsa, Superliga yo'llanmasini muddatidan avval hal qilardi. SHu bois ham maydon egalari barchasini shu o'yinda amalga oshirish istagi bilan harakat qilishdi. "Turon" esa so'ngi tur uchrashuvlaridagi qoniqarsiz natijalar tufayli buyog'iga ochko yo'qotishga haqqi yo'qligini bilib turgan xolda maydonga chiqqandi.




Derbini "Bobur-arena"ning o'zidan kuzatdim. Kurash bosh hakam G'ayrat Jo'raevning o'yin startida va yakunida chalgan hushtagiga qadar davom etdi. Stadionga tashrif buyurgan muxlislar gollarga uchrashuvning ikkinchi bo'limida guvoh bo'lishdi. Dastlab 63-daqiqada Sardor Abduraimov jarima zarbasidan hisobni ochdi. Bu vaziyatda yaypanliklar sardorining zarbasidan so'ng “Andijon" posboni to'pni egallab olishga muvozanatini saqlab olmadi va yakunda "Turon" birinchi bo'lib gol urdi - 0:1. Oradan ko'p vaqt o'tmadi, 71-daqiqada mezbonlarning doimgi uslubi ish berdi, Ildar Mamatkazin qanotdan havolatib etkazib berilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'llab hisobni tenglashtirdi - 1:1. O'yin yakuniga qadar darvozalarga boshqa gol kiritilmadi va teng kurashlar ostida o'tgan navbatdagi vodiy derbisida durang natija qayd etildi.

"Buxoro" - "Xorazm" to'qnashuvi ham o'ziga alohida daraja namoyish etdi. 4-daqiqadayoq Ro'zimboy Ahmedov 11 metrlik nuqtadan hisobni ochdi va shu natija o'yin yakuniga qadar saqlanib qoldi. Penalti belgilangan vaziyatda, adashmasam Davron Umirov edi, jamoadoshi to'pni jarima maydonidan uzoqlashtirish uchun zarba bergan vaqtda to'p futbolchining qo'liga tegdi. SHundan so'ng uchrashuv bosh hakami Abdurashid Xudoyberganov 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi, penaltini Pro-liga to'purari ijro etdi, gol urdi - 1:0. Uchrashuvning 14-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Mirjalol Jumaev raqibga nisbatan ishlatilgan keskin qo'pollik natijasida maydondan chetlatildi. SHundan so'ng maydonda bir kishi ko'p bo'lib qolgan "Xorazm" oldinga o'tishga va hisobni tenglashtirishga urindi, biroq mehmonlar tomonidan tashkil etilgan hujumlarning barchasi samarasiz yakunlandi. Ushbu o'yin Hayotjon SHodmonovning uzoq masofadan Stoshich darvozasi tomon yo'llagan zarbalari bilan yodda qoladigan bo'ldi. Uchrashuv yakunida tashkil etilgan matbuot anjumanida "Xorazm" bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov mag'lubiyatni jamoa "Buxoro"ning himoyaviy uslubiga tayyor bo'lmagani bilan izoxladi. Bosh murabbiyning fikricha, o'yin rejasi mezbonlar tomonidan tashkil etiladigan hujumlarga ikkinchi raqam bilan qarshi hujumda javob berishga qaratilgan ekan. Haqiqatdan ham, o'yin 11 ga 11 ko'rinishida davom etganida, balki "Xorazm" tezkor qarshi hujumlar natijasida "Buxoro" darvozasini ishg'ol etishi ham mumkin edi. O'z navbatida uchrashuv davomida mezbonlarning himoya chizig'idagi tartibli harakati yakunda minimal hisobdagi g'alabaga sabab bo'ldi.

"Andijon"da 51, “Turon"da 41, "Buxoro"da esa 40 ochko. Ko'rib turganingizdek, birinchi o'rin tushunarli, ammo 2-pog'ona uchun kurashdagi intriga avjiga chiqdi. Anons sifatida aytib qo'yishim mumkin, Pro-liganing 24-turida "Yil o'yini" bor. Ushbu turda "Buxoro" o'z maydonida aynan Yaypanning "Turon" klubini qabul qiladi. Har ikki jamoa muxlislari kun emas, xatto soat sanab kutayotgan uchrashuv.



SHu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ustoz sharhlovchi Xayrulla Hamidov tomonidan ishlatilgan "Xo'p-xo'p, xo'pala" iborasi trendga chiqqani rost. Bu iborani men avvaldan eshitganman, hech qanday haqorat yoki noo'rin so'z emas. Maktabda 1-sinfda o'qiyotgan davrim edi. Asosiy o'qituvchimiz o'sha kuni ishga kelmay qoldi. Balki biron yumushi bordir, yoki betob bo'lgandir, hozir aniq yodimda yo'q. Ammo o'sha kuni men "Xo'p-xo'p, xo'pala"ni birinchi bor eshitgandim. O'qituvchimiz o'rnida darsga kirgan ustoz aslida mehnat fanidan dars berishini keyiroq bilganman. U kishi kun davomida bizni maktabda ushlab turish uchun turli uslublarni qo'llagan. Orada sinf xonasida shovqin bo'lib ketgach, maktabning sport maydonchasiga olib chiqdi. Bo'r bilan erga yaqin-yaqin masofalarda chiziq chizib sakrashni o'rgatdi. O'shanda aytishicha, shu orqali biz ariqlardan sakrashni o'zlashtirib olishimiz mumkin ekan. Har birimiz belgilangan chiziqqa yaqinlashganimizda ustoz "Qani, xo'p-xo'p, xo'pala, molodec, uddaladi" deb xayqirardi. U kishining bu so'zlari balki bizga motivaciya bo'lgandir. O'shanda bu iborani ilk bor eshitgan kunim edi. Davomida o'zimiz ham sinfdoshlar bilan "Xo'p-xo'p, xo'pala"ni ancha vaqtgacha ishlatib yurganmiz.

Yuqorida aytganim, "Buxoro" - "Turon" to'qnashuvini "Yil o'yini"ga qiyoslasak, ushbu uchrashuvni Xayrulla Hamidov sharhlasa, zo'r bo'lardi. Balki, "Xo'p-xo'p, xo'pala"ni yangicha talqinini eshitarmidik, nima deysiz?

Bekzod Tolibov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика