Atletiko Madrid 350 kundan beri penalti tepmayapti. Bu klub rekordi
24 apr 2023 09:09
Yangiliklar
Atletiko Madrid 350 kundan beri penalti tepmayapti. Bu klub rekordi
Cadena Ser jurnalisti Pedro Fullananing yozishicha, La Liganing ketma-ket 33 uchrashuvidan beri Atletiko raqib darvozasiga penalti belgilanmagan.
Madridliklar foydasiga belgilangan oxirgi penaltiga 350 kun o'tdi - bu klub tarixidagi rekord vaqt.
Bungacha «Atletiko» 1941/42 va 1942/43 yilgi mavsumlarda penaltisiz eng uzun ceriyaga ega bo'lgan. O'shanda madridliklar 32 ta o'yinda penalti tepmagan.
Joriy mavsumda «Atletiko» La Liga bahslarining 30 turidan so'ng 60 ochko bilan turnir jadvalining uchinchi pog'onasida ketmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar