"Atletiko" himoyachisi safga qaytdi
12 sen 2023 18:51
Yangiliklar
Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Xose Ximenes umumiy guruh mashg'ulotlariga kirishdi, deb xabar berdi AS.
Futbolchi klub o'yinlarigacha tayyor bo'lishi kerak.
Urugvaylik futbolchi iyul oyida jarohat olgan, bu esa uni jamoaning mavsumoldi mashg'ulotlarini va La Ligadagi dastlabki 3 o'yinni o'tkazib yuborishga majbur qilgandi. O'tgan mavsumda 28 yoshli markaziy himoyachi Ispaniya chempionatida 28 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urgan.
"Atletiko" navbatdagi o'yinini 16 sentyabr kuni safarda "Valensiya"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar