"Atletiko" "Bavariya"ning Feliks bo'yicha 80 million evrolik taklifini rad etdi
		
		25 okt 2022 18:34
        Yangiliklar	
	
				
				"Atletiko" "Bavariya"ning Feliks bo'yicha 80 million evrolik taklifini rad etdi
"Atletiko" hujumchisi Joau Feliks yozgi transfer oynasida "Bavariya"ga o'tishi mumkin. 
			Bu haqda "Bayern & Germany" xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, Germaniya klubi 22 yoshli portugaliyalik uchun 80 million evro taklif qilgan, biroq "matraschilar" rahbariyati bu taklifni rad etgan. Avvalroq hujumchining xizmatlariga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o'tamiz, Feliks 2019 yilning iyul oyida "Benfika"dan 127,2 million evro evaziga "Atletiko"ga o'tgan edi. Madridliklar safida jami 124 ta o'yin o'tkazib, 29 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar