"Atletik" bosh murabbiyi "Barselona"ning Uilyamsga qiziqishi haqida gapirdi
25 may 14:48
Yangiliklar
"Atletik" bosh murabbiyi "Barselona"ning Uilyamsga qiziqishi haqida gapirdi
Valverde mish-mishlarni rad etishga urinib, "Atletik" rahbariyati Uilyamsni 2024/25 yilgi mavsumdan keyin jamoada qolishini kutayotganini malum qildi.
"Davom ettiradimi? Menimcha, ha. Biz uning davom etishini taxmin qilamiz va shuni xohlaymiz. Bu qanday bo'lishini bilasiz - mavsum tugagach, mish-mishlar tarqala boshlaydi. Lekin biz undan juda mamnunmiz, o'ylaymanki, u ham bizdan mamnun. Umid qilamanki, keyingi mavsum u uchun ajoyib bo'ladi", - dedi Valverde.
22 yoshli Niko Uilyams 2024/25 yilgi mavsumda "Atletik" safida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt malumotiga ko'ra, futbolchining transfer narxi 70 million evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar