So’nggi yangiliklar

01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  21 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  44 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  7 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  16 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3

Asror Aliqulov: "Qattiqqo'l murabbiyman deyishim mumkin" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Qattiqqo'l murabbiyman deyishim mumkin"

Pro liganing 5-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Xorazm" (4:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov qatnashdi.




"O'yinga tayyorlashda futbolchilarni ruhiy holatiga ko'proq etibor qaratdik. "Xorazm" jamoasi turnir jadvalining so'ngi o'rnida borayotgan bo'lsada o'yinda biz etibor beradigan jihatlari bor edi. Futbolchilardan 100 foiz tayyor bo'lishni talab qilgandik. Lekin, birinchi bo'limda o'yinchilarim oson yutamiz deb o'ylashdi shekilli harakatlari qovushmadi. Futbolchi uchun yarashmaydigan xatolar qilishdi. Ikkinchi bo'limda katta kuch bilan oldinga o'tdik, raqib himoyasida bo'shliqlar yuzaga keldi. Mashg'ulotlarda raqib jamoaning kuchsiz va kuchli tomonlarini o'rganganimiz samarasini berdi.

Futbolchilarni vazifasi futbol o'ynash, o'zining harakatlari bilan jamoasiga xursandchilik ulashishdir. Kamera qarshisidami yoki muxlislar qarshisidamiz etibor bermasdan o'ynashi kerak. SHundagina hech qanday bosimni his qilishmaydi.

Yosh futbolchilardan birinchi bo'limda yoki ikkinchi bo'limda foydalanishni maqsad qilgandik. Uchta uchrashuvdan beri birinchi bo'limda yoshlarni tushirmoqdamiz, bilasiz yoshlarimiz asosan hujum chizig'i vakillari hisoblanadi.

Qattiqqo'l murabbiyman deyishim mumkin. CHunki, gohida futbolchilarim hafa bo'lib qolishadi. Mashg'ulotlarda bu tomondan ish olib boramiz, shu vaziyatda nima uchun ko'nglimiz to'lmaganini aytamiz. Futbolchilarimdan xursandman. SHu vaqtgacha biron bir futbolchi jamoadan o'zini olib yoki o'zini keraksizdek his qilgan paytlar bo'lmagan.

"Xorazm" safida bo'y tomonlama, yakkakurashlarda baquvvat hamda kuchli driblingga ega futbolchilar bor. CHap qanot yarim himoyachisi, 7-raqamdagi hujumchi bizga muammo tug'dirdi. O'zining o'yini bilan yuqori darajada ekanligini isbotladi.
Oxirgi o'yinlarda charchab qolgan holatda ko'proq vaziyatlarga ega bo'lmoqdamiz. Biz bilan o'yinlarda oxirgi daqiqalarda raqiblarga qiyin bo'lmoqda. So'ngi daqiqalarda biz ko'p gol kiritmoqdamiz",- deydi Asror Aliqulov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика