So’nggi yangiliklar

15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  0 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  3 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  2 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  1 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  5 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  6 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  21 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  5 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  5 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  3

Asror Aliqulov: "Bunday o'yinlarga saviyaliroq hakam tayinlanishi kerak" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Bunday o'yinlarga saviyaliroq hakam tayinlanishi kerak"

Pro liganing 13-turidan o'rin olgan “Mashal” - “Qo'qon-1912” (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida...

- Raqib jamoa qarshi hujumlarda xavfli edi. Uzun bo'yga va yuqori tezlikka ega Anvar Xojimirzaev shu taktikaning bir bo'lagi edi. Biz bunga qarshi tayyorgarlik ko'rgandik. Afsuski, birinchi bo'limda shunday holatda gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda hujumchisiz harakat qildik. SHu bois, kam sonli vaziyatlar yaratib, gol ura olmadik. "Qo'qon-1912"dagi futbolchilarning tajribasi ham qo'l keldi. Ko'proq o'zimizda ayb qidirishimiz kerak. Lekin ochko o'ta muhim bo'lgan o'yinlarga saviyaliroq hakam tayinlanishi kerak.

- Hakamlardan norozimisiz...

- O'yinda bu ko'rinib turgandi. Muxlislar reakciyasidan ham sezish mumkin. SHu bois bunday kurashuvchan jamoalar ishtirokidagi o'yinlarga yaxshiroq hakam tayinlangan maqul. Men uning saviyasini baholamoqchi emasman. Lekin o'z ishini qoyilmaqom bajardi, deya olmayman. 

- Legionerlarning o'yini sizni qoniqtirdimi?

- Ularda tanishuv jarayoni ketmoqda. Ular bundan ham yaxshiroq harakat qilishi mumkin. 

- Jamoa oldiga qanday maqsad qo'yilgan?

- Men o'zimni yangi hisoblamayman, chunki "Mashal" menga qadrdon jamoa hisoblanadi. Oldimizga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgan. Homiylarga ham minnatdorchilik bildiramiz. Ular bizni qo'llab-quvvatlayapti. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика