So’nggi yangiliklar

13:21Суперлига. "Динамо" Ғузорда аср ғалабасини қўлга киритди, кейинги турда катта имтиҳон  2 12:54"Барселона" "Камп Ноу"га қайтмоқда: клуб кузда янгиланган аренада ўйнаши мумкин  0 12:26Гринвуд "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  0 11:59Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида учинчи марта дуранг ўйнади, "Сўғдиёна" меҳмонда учинчи бор муроса кўчасини танлади  0 11:37U-17 аёллар Осиё Кубоги саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон рақибларини билиб олди  0 11:14"Насаф" янги легионери Шала "Андижон" билан ўйинда қатнашиши мумкин  5 10:50"Челси" яна бир футболчисини сотиб юборди  0 10:19Дарвин Нуньеснинг "Ал Ҳилол"даги маоши маълум  1 09:48"Челси" Жексонга нарх белгилади  5 09:17Пролига ҳам қайтмоқда. 11-турнинг расмийлари маълум  0 08:46Opta АПЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини эълон қилди  7 08:15Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  8 07:41Месси майдонга тушманган баҳсда Суарес бош қаҳрамонга айланди  4 07:15Суперлига. "Динамо" сафарда камбэк амалга оширди, "Навбаҳор" эса ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  0 00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  1

Asror Aliqulov: "Andijon" maydonidan g'alaba bilan qaytish meni juda xursand qildi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Andijon" maydonidan g'alaba bilan qaytish meni juda xursand qildi"

Xabaringiz bor, kecha PRO-Liganing 5-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi Andijonga safar uyushtirib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuv yakuniga etgach, mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulovdan saytimiz uchun intervyu oldik.


-O'yin qiyin bo'lishini oldindan bilgandik. Sababi “Andijon”ning shu kungacha o'tkazgan bir nechta o'yinlarini video-tasma orqali ko'rib chiqqandik. Xususan, Kubok bahsida “Navbahor” bilan o'tkazgan bahsini tomosha qilib, yaxshi taassurot paydo bo'lgandi. SHunga monand tayyorgarlik ko'rib, safardan ijobiy natija bilan qaytishni maqsad qilgandik – deya gap boshladi Asror CHorievich.


- “Andijon” ham yaxshi shakllangan jamoa. Tarkibida Superligada o'ynagan futbolchilar jamlangan. Ayniqsa o'tgan mavsum jamoamiz sharafini himoya qilgan Siroj Hamroev, Eldor Boymatov hamda Sunnatilla Mamadalievning imkoniyatlarini yaxshi bilardik. Qolaversa oldingi chiziqda to'p suradigan va bugungi kunda to'purarlik qilib kelayotgan, Davron Isoqovni ham alohida o'rganib chiqqandik. Himoyachilarimga ko'proq ushbu hujumchiga nisbatan xushyorroq bo'lishini tushuntirgandim.

- “Andijon”ning yana bir kuchli tomoni – uning ashaddiy ishqibozlaridir. “Navbahor”ga qarshi o'tkazgan uchrashuvida ham muxlislar ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlab turgan.
- SHogirdlarimning xarakatlaridan xursandman. Ular oxirigacha kurashdi. Uchrashuv avvalida ishlab chiqilgan taktika bu – asosan qarshi hujum ostida o'ynash edi. Ko'rdingiz bugun ushbu taktika o'zini oqladi.

- Jamoamizda turli qiyinchiliklar bo'lishiga qaramay, yigitlar o'zlarida kuch topib, shijoat bilan o'ynab, etakchi jamoaning maydonidan uch ochko bilan qaytishi meni juda xursand qildi. Bitta ahil oila sifatida shakllanayotganligimiz bilindi. Yigitlar maydonda bir-birlarini xatolarini to'g'rilab, ishtiyoq bilan o'ynashdi. Buning uchun shogirdlarimga rahmat aytaman.

- Bungacha oldingi chiziqda asosan yosh futbolchilarning xizmatidan foydalanib kelayotgandik. Bugun esa Otabek Narzullaevdan hujumkor yarim himoyachi sifatida foydalanishga qaror qildik. Jamoamiz sardori universal futbolchi sanaladi. Ilgari asosan himoyachi rolida xarakat qilgan bo'lishiga qaramay, Otabek bugun ikkita gol urib jamoaga foyda keltirdi.

- “Andijon” haqida nima deyishim mumkin? Raqib jamoadan shunday o'yin kutgandim. Mezbonlarning himoyachilari – Siroj Hamroev va Ildar Mamatkazin uzun to'p oshirish orqali, hujumlarni boshlab berishini bilardik. Ularning kamchiligini yaxshi bilaman. Lekin hozir bu haqda aytib o'tmoqchi emasman. SHuning uchun biz ko'proq yarim himoyachilarimizni bunga yo'l qo'ymasligini uqtirib, raqibni markazda kutib olish va unga imkon bermasligi bo'yicha ko'rsatma bergandim – deydi “SHo'rtan” ustozi Aliqulov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика