So’nggi yangiliklar

18:06"Портсмут" — "Арсенал". Таркиблар маълум  0 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  0 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  2 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  30 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  4 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3

Asqar Umarov: "Turon"ga qarshi ochiq futbol namoyish etdik" Yangiliklar

Asqar Umarov: "Turon"ga qarshi ochiq futbol namoyish etdik"

Pro-liganing 5-turidan o'rin olgan "Zomin" - "Turon" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asqar Umarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugun qiziqarli va ochiq o'yin guvohiga aylandik. Uchrashuv davomida ustunlikka ham ega bo'ldik, bir qator vaziyatlar yaratdik. O'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmaganimiz tufayli mag'lubiyatga uchradik. Lekin yigitlar buning g'alaba uchun astoydil harakat qilishdi, buning uchun ularga rahmat aytaman. Xatolar ustida ishlaymiz. Kelasi o'yinlarda g'alaba qozonib muxlislar oldida yuzimizni yorug' qilamiz degan umiddamiz.

- O'tgan mavsum Birinchi ligada harakat qilgan futbolchilarning qanchasi saqlab qolindi? Futbolchilaringizga Birinchi liga va Pro-liga farqi qay darajada sezilmoqda?

- O'tgan mavsumdagi tarkibning 90-95 foizi saqlab qolingan. Yigitlarda bu ikki liga o'rtasidagi farqni sezganim yo'q. Barchalari imkoniyat darajasida astoydil harakat qilishmoqda. O'yinlar davomida o'sib boramiz va kerakli ochkolarni qo'lga kiritamiz degan umiddaman.

- Natijalardan kelib chiqib tarkibga yangi futbolchilar jalb etilishi mumkinmi?

- Albatta, hozir biz to'ldirilishi lozim bo'lgan chiziqlarni kuzatib borayapmiz. Vaziyatdan kelib chiqib tarkibga yangi futbolchilarni jalb etish rejamizda bor.

- O'tgan turda "Buxoro" bilan safardagi durang natija tufayli muxlislar bugun g'alaba kutishayotgandi. Mag'lubiyatni qanday izoxlasa bo'ladi?

- Bugun biz ochiq futbol namoyish etdik. O'yin avvalida futbolchilarga shu ko'rsatmalarni bergandik. Raqib o'z xatolarimiz evaziga gollar kiritdi. Izlanishda, ishlashda davom etamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика