So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  9 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  4 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

Asker “So'g'diyona” qizlarini “chopdimi”? Yangiliklar

Asker “So'g'diyona” qizlarini “chopdimi”?

Ayollar Oliy ligasida ham mavsum hal qiluvchi pallaga kirdi.

Bugun “Sevinch”ga imkoniyatni boy bergan “So'g'diyona-W” jamoasi chempionlik uchun kurashdan butunlay chiqdi. “Geolog” stadionida o'tgan o'yindan keyin Jizzax klubi hakamlik borasida jiddiy etirozlar bildirdi. 

“Championat.asia” vaziyatni o'rganib, bahsli vaziyatlarni   tahlil qildi. Quyida saytimizning hakamlik bo'yicha eksperti Ilya Oblomovning epizodlarga munosabati bilan tanishasiz.

1-etiroz: “Sevinch” vakili Laylo Tilavova jarima maydoni ichida to'pga qo'li bilan o'ynagan vaziyatda penalti belgilanmadi.

I.O.: 11 metrli nuqta ko'rsatilmagani to'g'ri. To'p himoyalanayotgan futbolchining qo'liga o'z oyoqlaridan keldi. Bu qoidabuzarlik emas, texnik xato hisoblanadi. FIFA tavsiyalari buzilmagan.

2-etiroz: Diyora Habibullaeva Laylo Tilavova tomonidan yiqitilgan vaziyatda “Sevinch” darvozasi tomon penalti berilmadi.

I.O.: Vaziyatning murakkabligi shundaki, ofsayd kamerasi bo'lmasa, qoidabuzarlik jarima maydoni ichida sodir bo'lganini 100% aytolmaysiz. Bu erda qanot hakami yordamga kelishi kerak.

3-etiroz: To'p “So'g'diyona” vakili Nafisa Nabiqulovaning qo'liga teggan vaziyatda masofa yaqinligiga qaramay, 11 metrli nuqta ko'rsatildi.

I.O.: Kadr yomon, boshqa rakurs kerak. Ammo qo'lning to'pga tomon harakati bor. Bunaqa vaziyatda to'p qo'lga tegsa, penalti belgilanadi. Masofaga qarab o'tirilmaydi.

Xullas, Oblomov 3ta bahsli vaziyatning ikkitasida Najafalievni haq deb topdi. Bir etiroz ofsayd kamerasidan olingan kadr yo'qligi tufayli bo'sh qoldirildi. Quyidagi fotosurat orqali unga o'zingiz baho berishingiz mumkin.

SHundan kelib chiqsak, Asker “So'g'diyona-W”ni “o'ldirdi” deyish xato bo'ladi. Ammo bunga qadar Jizzax klubiga nisbatan chiqarilgan adolatsiz qarorlarni inkor qila olmaymiz. Masalan, ayollar futbolidagi eng tajribali referimiz aynan “So'g'diyona”ning ochko yo'qotishiga sabab bo'lgan qo'pol xatosi tufayli uzoq muddatli diskvalifikaciya oldi...

Xullas, 2021 yilda “Oltin dubl” qayd etib, bu yil Osiyo chempionati g'arbiy mintaqasini yutgan jizzaxlik qizlar ichki maydonda bronza medallar bilan cheklanadiganga o'xshab turishibdi.

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика