So’nggi yangiliklar

13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  2 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  1 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  27 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  28 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  25 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1

"Asiad Daily" nishonida - Oksana CHusovitina Yangiliklar

"Asiad Daily" nishonida - Oksana CHusovitina

Oksana CHusovitina bugunda Incheonda davom etayotgan Osiy o'yinlarining kundaligini yoritib borayotgan "Asiad Daily" nashri tomonidan etirof etildi.
Bugun gazetaning 11-soni taqdim etildi. Deyarli barcha sonlarni kuzatib kelayapman. Afsuski mezbonlar tarafkashlikni oshirib yuboryaptilar. G'alaba qozonsa ham, mag'lubiyatga uchrasa ham, bosh sahifada koreys sportchisi. Gazetaning ichki sahifalarida ham maydon egalari. Qo'shni KXDRni ham unutmagan holda, oltin olgan xitoyliklarni berishyapti.



Gimnastikada mag'lubiyaga uchragan Yang Xak Seon bosh sahifani bezatdi


SHu boisdan nashr asosan sharqliklar tomonidan kuzatilyapti. 2011 yil Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida, har bir mamlakatga birdek etibor qaratilgan edi.

Bugun kundalikni navbatdagi sonini olib, ne ko'z bilan ko'rayki, u erda Oksana CHusovitinaga bag'ishlab yarim sahifa maqola yozilgan ekan. Quyida maqolaning tarjimasini keltirib o'tamiz.



Sovrindorlar qatoridan o'rin olgan sharqliklar. Navbatdagi sahifada KXDRlik sport gimnastikachi. U ham g'alaba qozona olmagan. Tagida Kamon otuvchi koreys.


Yosh shunchaki raqam, - deydi Oksana CHusovitina

Oksana CHusovitina oddiy gimnastikachi emas, u juda mashhur va taniqli. 39 yoshga kirgan Oksana sport gimnastikasi bo'yicha Osiyo o'yinlarida ishtirok etayotgan sportchilar orasida eng yoshi kattasi hisoblanadi. SHunga qaramay, u hozircha sportni tark etmoqchi emas.

Mening maqsadim - Rioda o'tkaziladigan Olimpiada musobaqasida ishtirok etish,  - deya aytib o'tdi CHusovitina navbatdagi chiqishidan so'ng. Bundan tashqari, uning rejasidan keyingi oy Xitoyda bo'lib o'tadigan gimnastika bo'yicha jahon chempionatida qatnashish ham o'rin olgan.



Bu sahifada ham mezbonlar. Kollajdagi barcha sportchi Janubiy Koreyadan.


Uning hisobida hozircha ikkita Olimpiada o'yinlari medali (shundan bittasi oltin, 1992 yil), uchta jahon chempionati medali va ikkita Osiyo o'yinlari medali bor. CHusovitina ilk bor 1988 yil xalqaro darajadagi sovrinini qo'lga kiritgan mahal uning Inchondagi Osiyo o'yinlaridagi raqibalaridan ko'pchiligi hali tug'ilmagandi ham.

CHorshanba kuni o'tkazilgan final bahsida CHusovitina 14.750 ochko to'plab, kumush medalga sazovor bo'ldi. Bu ham yaxshi natija albatta. Yosh shunchaki raqam, - deydi hamyurtimiz. - Men sportda yoshga ko'p ham etibor bermayman va doim o'z ustimda ishlashda davom etaman. Hozir biroz toliqqanman, jismoniy tomonlama emas, balki ruhiy jihatdan.



Mening 11ta son kutgan sahifam. Oksana CHusovitina, o'ng tomonda yana Janubiy Koreya.


Nodirxo'ja Yuldashev
Incheon
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика