Arteta "Real"da paydo bo'lishi mumkin! Buning uchun ikki omil to'g'ri kelishi kerak
06 mar 18:55
Yangiliklar
Arteta "Real"da paydo bo'lishi mumkin! Buning uchun ikki omil to'g'ri kelishi kerak
"Topskills Sports UK" malumotlariga ko'ra, "Arsenal"ning hozirgi bosh murabbiyi Mikel Arteta yaqinlariga shu mavsumda ham Angliya Premer-ligasini, ham Chempionlar Ligasini yuta olsa, klubni tark etishga tayyor ekanini aytgan.
Xabar qilinishicha, Arteta bu yutuqlarni "Arsenal" bosh murabbiyi sifatidagi sport ambiciyalarining eng yuqori nuqtasi deb biladi va ularga erishganidan keyin o'zini boshqa klubda sinab ko'rishni rejalashtirmoqda.
Bu scenariyda Artetani istashi mumkin bo'lgan asosiy klublardan biri — Madridning "Real"i. "Qirollik klubi" uni diqqat bilan kuzatib boryapti va klub uchun uzoq muddatli murabbiy sifatida ko'ryapti.
Artetaning "kanonirlar" bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi va hozircha uni uzaytirish bo'yicha hech qanday muzokaralar bo'lmagan.
Ispaniyalik mutaxassis 2019 yilning dekabrida "Arsenal" bosh murabbiyi etib tayinlangan. Shundan beri u klub boshqaruvida 334 o'yin o'tkazib, 207 ta g'alaba, 57 ta durang qayd etgan va 70 marta mag'lub bo'lgan.
"Qizil-oqlar" joriy mavsum Premer-ligada 1-o'rinni egallab turibdi va uzoq kutilgan chempionlikka yaqin turibdi. Shuningdek, jamoa Chempionlar Ligasining 1/8 finalida ishtirok etmoqda va u erda Leverkuzenning "Bayer"i bilan to'qnash keladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar