Arteta qatorasiga uchinchi mag'lubiyat haqida nimalar dedi?
17 apr 2022 09:45
Yangiliklar
Arteta qatorasiga uchinchi mag'lubiyat haqida nimalar dedi?
“To'pchilar” APL 33-turida “Sautgempton”ga imkoniyatni (0:1) boy berdi. Bu Mikel Arteta shogirdlari uchun ketma-ket uchinchi mag'lubiyat hisoblanadi.
“Bunday mag'lubiyatni qabul qilish qiyin. O'yinni nazorat qilib, qanday qilib yutqazganimizni tushunish mushkul.
Muntazam aniq zarba bera olmadik, hujumlarni yakunlay olmadik. SHuncha vaziyatlar yaratgandan keyin 3-4 ta gol urish kerak. Standartdan keyin esa kulgili gol o'tkazib yubordik. Mazkur epizodda etarlicha himoyalana olmadik.
“Arsenal”ning formasi jiddiy xavotir uyg'otmoqda. O'yinlarni har xil holatda yutqazdik va bugungi mag'lubiyat tushunarsiz bo'ldi. Yaxshi o'ynadik, ammo kerakli natijaga erisha olmadik. Uchrashuvlarda g'olib bo'lish uchun imkoniyatlardan unumli foydalanish lozim. Hozir esa bunday bo'lmayapti”, deydi Arteta.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar