Arteta "Arsenal"ning mavsumdagi debyut o'yini haqida nimalar dedi?
06 avg 2022 19:42
Yangiliklar
Arteta "Arsenal"ning mavsumdagi debyut o'yini haqida nimalar dedi?
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining APL 1-turidan o'rin olgan "Kristal Pelas"ga qarshi o'yindagi (2:0) o'yiniga baho berdi.
Murabbiyning so'zlariga ko'ra, eng muhimi birinchi uchrashuvda g'alaba qozonish, o'ziga bo'lgan ishonch va jadallikni qo'lga kiritish edi.
"Endigina biz nimani yaxshilashimiz kerakligi haqida gapirishimiz mumkin bo'ladi – to'g'risini aytsam, bugun bunday jihatlar ko'p edi.
Saliba bu kecha ajoyib edi. Dastlabki yarim soatdagi o'yinimiz menga juda yoqdi. O'ylaymanki, biz ko'proq gol urishimiz kerak edi.
Biz o'zimiz xohlagandek o'ynay olmadik, chunki raqib bunga yo'l qo'ymadi. Bu erda g'alaba qozonish uchun sabrli bo'lish kerak. Biz buni uddaladik", – dedi Arteta.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar