"Arsenal" Niko Uilyamsga katta maosh taklif qilishga tayyor
23 mar 17:31
Yangiliklar
"Arsenal" Niko Uilyamsga katta maosh taklif qilishga tayyor
"Arsenal" yozda "Atletik"ning ispaniyalik vingeri Niko Uilyamsni jamoaga taklif qilmoqchi.
Londonliklar ispaniyalik futbolchiga haftasiga 200 ming funt maosh taklif qilishga tayyor. Bu esa ularni futbolchi uchun kurashda favoritga aylantiradi. Uilyamsning vakillari "Arsenal" bosslariga allaqachon futbolchiga shartlar maqul bo'lgani va agar u London klubiga o'tishga qaror qilsa, bu taklifni qabul qilishini malum qilgan.
Niko Uilyams joriy mavsum "Atletik" safida barcha musobaqalarda 37 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol va 7 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali vingerni 70 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar