Artetaning yordamchisi: "Siti" darvozasiga penalti qo'yilishi kerak edi. Nega hakam bu vaziyatni VAR orqali tekshirmadi?"
01 jan 2022 23:17
Yangiliklar
Artetaning yordamchisi: "Siti" darvozasiga penalti qo'yilishi kerak edi. Nega hakam bu vaziyatni VAR orqali tekshirmadi?"
"Arsenal" va "Manchester Siti" o'yinidagi hakamlik bahslarga sabab bo'lmoqda.
"Arsenal" jamoasi murabbiyi Albert Steyvenberg "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyat (1:2) borasida keskin fikr bildirdi.

"Ushbu o'yinning natijasidan hafsalamiz pir bo'ldi. Zo'r o'yin ko'rsatdik. Ammo yakunda 0 ochko bilan qoldik. Bu o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak edi.
"Siti" darvozasiga penalti qo'yilishi lozim edi. Men shunchaki qarorlardan mantiqiy izchillik, bog'liqlik kutgandim. Bizda VAR bor-ku. Nega hakam VAR orqali vaziyatni tekshirgani yo'q? Aynan shu barchamizni hafa qildi.
Umuman olganda, juda ajoyib o'yin ko'rsatdik. Martinelli hisob 1:1 bo'lib turgan paytda ajoyib imkoniyatga ega bo'lgandi. O'yinimizdan faxrlanamiz", – dedi Albert Steyvenberg.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar