"Arsenal" Milinkovich-Savich uchun 60 mln evro va o'z futbolchisini taklif qiladi
		
		25 okt 2022 12:25
        Yangiliklar	
	
				
				"Arsenal" Milinkovich-Savich uchun 60 mln evro va o'z futbolchisini taklif qiladi
"Arsenal" Rimning "Lacio" klubi etakchisi Sergey Milinkovich-Savichni safiga qo'shib olishga urinyapti.
			Manbaga ko'ra, "kanonirlar" serbiyalik yarim himoyachi uchun taxminan 60 million evro, shuningdek, 25 million evroga baholangan futbolchisi Sambi Lokongani taklif qilmoqchi.
Eslatib o'tamiz, yozda "Arsenal" Milinkovich-Savichni o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rgan va unga 55 million evro taklif qilgan, biroq "burgutlar" rahbariyati rad javobini bergandi.
Milinkovich-Savich joriy mavsum "Lacio" tarkibida 15 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "burgutlar" bilan amaldagi kelishuvi 2024 yilda yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar